Breaking News

O'zbekistonda zo'ravonlikka qarshi yangi qonun


O‘zbekistonda 2021-2022 yillarda 61 mingdan ziyod xotin-qizning huquqlari buzilishiga doir arz tushgan. Jamoatchi faollarga ko'ra, jabrlanuvchilar aslida millionlarni tashkil etsa ajabmas.
O‘zbekistonda 2021-2022 yillarda 61 mingdan ziyod xotin-qizning huquqlari buzilishiga doir arz tushgan. Jamoatchi faollarga ko'ra, jabrlanuvchilar aslida millionlarni tashkil etsa ajabmas.

11-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini takomillashtirishga doir qonunga imzo chekkan. Oliy Majlisning Qonunchilik palatasida 23-martda, Senatda 6-aprelda ma'qullangan hujjat prezident qo'l qo'yishi bilanoq kuchga kirgan.

BMT Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarga barham berish qo‘mitasi O'zbekistonga oilaviy zo‘ravonlik uchun alohida ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilashni tavsiya qilib kelayotgan edi.

Bu muammo aslida chegara tanlamaydi. BMT hisobicha, dunyoda har uch ayoldan biri zo'ravonlikni boshdan kechiradi.

Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, 16 yoshga to‘lmagan bola bilan jinsiy aloqa qilganlikda aybdor deb topilganlar soni 2019-yilda 99 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2020-yilda 153 nafar, 2021-yilda 216 nafar, 2022-yilda 238 nafarni tashkil etgan.

14 yoshga to‘lmagan bola bilan zo‘rlik ishlatib, jinsiy aloqaga kirishganlikda aybdor dep topilganlar soni 2019-yilda 52 nafar, 2020-yilda 35 nafar, 2021-yilda 57 nafar, 2022-yilda esa 73 nafarni tashkil etgan.

Yangi qonun targ'ibotchilarining qayd etishicha, amaldagi qonun 16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan uning roziligi asosida jinsiy aloqaga kirishgan ayblanuvchi jabrlanuvchining yoshini bilmaganini bahona qilib, yengilroq modda bilan qutulib ketishi mumkin edi. Yangi qonunda bunday hollarda aybdor shaxs jinoiy jazoga tortiladi.

14, 16 yoki 18 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikni sodir etgan odamning qilmishi, u jabrlanuvchining yoshidan xabardor bo‘lgan-bo‘lmaganidan qat’i nazar, jabrlanuvchining haqiqiy yoshidan kelib chiqib baholanishi va mutanosib og‘ir jazo belgilanishi shart bo'ladi.

BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar O'zbekistonni oilaviy zo'ravonlikka qarshi jiddiy kurashga chorlab keladi. Asosiy talab - qonun ustuvorligini ta'minlash.
BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar O'zbekistonni oilaviy zo'ravonlikka qarshi jiddiy kurashga chorlab keladi. Asosiy talab - qonun ustuvorligini ta'minlash.

Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, yangi qonunda jinsiy jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi bir pog‘onaga orttirilib, ilgari uncha og‘ir bo‘lmagan turdagi jinoyatlar, og‘ir jinoyatlar turkumiga, og‘ir jinoyatlar esa o‘ta og‘ir jinoyatlar turkumiga kiritiladi.

Bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlarga tenglashtirilib, ularni sodir etgan shaxslarga nisbatan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish tariqasidagi insonparvarlik aktlari qo‘llanilmasligi belgilanadi.

Bolalarning hayoti, sog‘lig‘i yoki axloqi uchun xavfli bo‘lgan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning yagona reyestri tuzilib, unga kirganning ta’lim, tarbiya, kasalxona, sport va ijodiy tashkilotlarida ishlashi hamda yosh avlod bilan bevosita ishlashi taqiqlanadi.

Shaxs turmush o‘rtog‘i yoki qarindoshiga, sobiq turmush o‘rtog‘i yoki birga yashayotgan yoki birga farzandga ega shaxsga, nogironga yoki o‘ziga o‘qitish yoki tarbiyalash uchun topshirilgan shaxsga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilsa, og‘irroq jazo bilan yuzlashadi.

O‘zbekistonda 2021-2022 yillarda 61 mingdan ziyod xotin-qizning huquqlari buzilishiga doir arz tushgan. Jamoatchi faollarga ko'ra, jabrlanuvchilar aslida millionlarni tashkil etsa ajabmas. Ko'plab hollarda bu borada hech kimga shikoyat qilinmaydi, chunki odamlarning qonunga va tizimga ishonchi past. Yangi qonun samara berishini ham ko'plar shubha ostiga oladi.

Odamlarning qonunga va tizimga ishonchi past. Yangi qonun samara berishini ham ko'plar shubha ostiga oladi.

Unga ko'ra, er yoki xotin o‘z turmush o‘rtog‘ini tahqirlasa, qo‘rqitsa, yaqinlaridan ajratib qo‘ysa, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladi. Turmush o‘rtog‘ini haqoratlasa, 6 million so‘m jarimaga tortiladi. Kaltaklasa, og‘ir tan jarohati yetkazsa, 12 yilga ozodlikdan mahrum qilinadi.

Oilaviy zo'ravonlik aslida chegara tanlamaydi. BMT hisobicha, dunyoda har uch ayoldan biri zo'ravonlikni boshdan kechiradi.
Oilaviy zo'ravonlik aslida chegara tanlamaydi. BMT hisobicha, dunyoda har uch ayoldan biri zo'ravonlikni boshdan kechiradi.

Jamoat joylarida shaxsga shilqimlik qilish, uning qaddi-qomatini shahvoniy tasvirlash, shu mazmundagi so‘zlar bilan chaqirish, izohlash, qiyoslash yoki unga nisbatan shahvoniy maylni ko‘rsatuvchi harakatlar uchun alohida ma’muriy javobgarlik belgilanadi. Bu harakatlar uchun 1,5 million so‘mgacha jarima yoki 5 sutkagacha qamoq jazosi nazarda tutiladi.

Shaxs tanasining yoki jinsiy a’zolarining yalang‘och holdagi foto yoki videotasvirini o‘z ichiga olgan axborotni uning roziligisiz tarqatish, yoki tarqatish bilan qo‘rqitish qilmishlari uchun jinoiy javobgarlik belgilanib, 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazoladi.

Voyaga yetmagan farzandiga aliment to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun yangi ma’muriy jazo turi – aybdorning jamoat ishlarini bajarish orqali ishlab topgan haqining teng yarmini aliment oluvchiga berish.

Amalda zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan shaxsga himoya orderi ichki ishlar idoralari tomonidan 30 kunga beriladi. Yangi qonunda yozilishicha, bunday orderning muddati sud tomonidan 1 yil muddatgacha uzaytiriladi.

Himoya orderi bilan zo‘ravonning jabrlanuvchi yashaydigan turar-joy maydoni yoki uning bir qismidan foydalanish, jabrlanuvchining ish joyi yoki boshqa joylarga yaqinlashishi muayyan vaqtga cheklanib, muayyan joylarda bo‘lmaslik, narkologik kasallikdan davolanish kabi qo‘shimcha majburiyatlar yuklatilish mumkin.

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda uning hududiy bo‘linmalariga xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida fuqarolik ishlari bo‘yicha hamda ma’muriy sudlarga bergan da’volar, arizalar va shikoyatlar davlat bojidan ozod qilinadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG