Rossiya armiyasi Donetsk viloyatida, Chasiv Yar yaqinida joylashgan Ukraina armiyasiga hujum qilmoqda. Britaniya razvedkasi ma’lumotiga ko’ra, Rossiya katta yo'qotishlarga duchor bo'lyapti. So’nggi oylarda rus armiyasi Ukrainaning qattiq qarshiliklari va o’z armiyasidagi katta yo’qotishlarga qaramay, qator kichik g’alabalarga erishayotganini da’vo qiladi.
Prezident Vladimir Zelenskiy maʼmuriyati esa gʻarblik hamkorlaridan oʻq-dorilar, uzoq masofadan qo’llanadigan qurollar va havo hujumi mudofaasi uchun uskunalar masalasida yordam so’radi.
“Amerika Ovozi”ning Gruziya xizmati xodimi Ani Chxikvadze Guver Instituti katta ilmiy xodimi, Tramp ma’muriyatining milliy xavfsizlik bo’yicha sobiq maslahatchisi X.R.Makmaster bilan Vashington Ukrainaga qanday yordam berishi mumkinligi haqida suhbatlashdi.
“Ukrainaga kerakli yordamni berish vaqti keldi”, - dedi Makmaster.
Your browser doesn’t support HTML5
Quyida Makmaster bilan bo’lgan suhbatning xulosasini taqdim etamiz.
Amerika Ovozi: Ukrainadagi urush to’g’risida gapirar ekanmiz, Qoshma Shtatlarda uning qanday natija bilan tugashi haqidagi taxminiy strategiyalar bormi?
X.R. Makmaster: Natija aniq deb o’ylayman, buni ukrainaliklarning o’zlari aniq belgilashgan. Ular suveren, mustaqil va xafvsiz mamlakat xohlaydi. Biz esa buni qo’llab-quvvatlashimiz kerak. Ular hozirda yo’qotgan hududlarini qaytarib olishlari zarur. Biz “bu yo’lda” ularga qancha kerak bo’lsa, shuncha yordam beramiz. Bu yo’l – “Ozod, mustaqil va xavfsiz Ukraina”ga olib boradi.
Amerika Ovozi: Ba’zi tahlilchilar Ukraina jang maydonida ko’rinarli natijaga erishishi uchun yetarli qurol-yaroqqa ega emas demoqda. Oq Uy bu fikrga nisbatan qanday javob beradi deb o’ylaysiz?
Makmaster: Men Oq Uy va prezidentning maqsadi aniq bo’lishini xohlardim. Bu Ukrainaga qurol-aslaha, o’q-dorilar ko’rinishida beriladigan yordam ko’lamini aniqroq ko’rsatgan bo’lar edi. O’ylaymanki, ikki asosiy maqsadni olg’a sirish kerak: Birinchisi, Ukraina xalqiga va uning infratizilmasiga qarshi urushni to’xtatish; ikkinchisi, 2022-yil fevral oyida ommaviy bostirib kirish natijasida bosib olingan hududlarni qaytarib olish.
Buni ham ko'ring G'arb Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini nima qiladi?Maqsadlar aniq bo’lishi bilan, qurol-yarog’ yetkazish ko’lami ham aniq bo’ladi. Chunki bunda bosqichli havo mudofaasi, uzoq masofadan zarba berish uchun qurollar, o’q-dori va otilgan raketalarni urib tushiradigan uskunalar kerak bo’ladi. Dushman zarbasiga turib bera oladikgan, g’alabani ta’minlaydigan qurollar zarur.
Shu bilan birga, hujumni davom ettirish uchun harbiy qobiliyat va logistik imkoniyatlar kerak. Ukraina qurolli xizmatidagi ishchi kuchi, ayollar xizmati kuchini tiklashga bor imkoniyatini ishga solib urinmoqda. Biz esa ularga iloji boricha moddiy yordam berib, qurol-aslaha yetkazishdagi ikkilanishlarni to’xtatishimiz kerak. Ukrainaga shu ikki maqsad yo’lidagi haqiqiy yordam qo’lini cho’zish vaqti keldi.
Amerika Ovozi: General va harbiy tarixchi sifatida siz uchun jang maydoni hozirda qanday ko’rinishda?
Makmaster: Hozirda Ukrainaning vaziyati juda og’ir. Rossiya hayratlanarli darajadagi yo’qotishlarga qaramay o’z yo’qotgan ishchi kuchi o’rnini to’ldirishga muvaffaq bo’ldi. 100 000 dan ortiq insonlar qurbon bo’ldi, ammo bu Rossiyani tashvishga solgani yo’q. Rus armiyasi Chasiv Yar atrofida erishayotgan yutuqlari kuniga minglab qurbonlar bermoqda. Chasiv Yar muhim strategik joy hisoblanib, ko’p tomonlama hujumkor operatsiyalar qilishga qulay yo’llari, shahar atrofida bir qancha ishlab chiqarish imkoniyatlari bor. Ukraina bu hududni himoya qilish uchun qo'lidan kelganini qilmoqda va bu Rossiyaga katta qiyinchiliklar tug’dirmoqda. E'tiborga olish kerakki, har bir armiyaning sinish nuqtasi bo’ladi, rus armiyasi shu nuqtaga yaqin bo’lishi mumkin.
Bu holatga Birinchi Jahon urushi yaqqol misol bo’la oladi. Bu urush nisbatan barqaror, qurbonlar esa ayanchli darajada ko’p edi. Biroq bu urushdan keyin hech qanday jiddiy o’zgarishlar yuz bermadi. 1917-yilda fransuzlar Robert Nivel boshchiligida “Nivel hujumi” nomli yirik jang o’tkazdi, ammo mag’lubiyatga uchradi. Natijada fransuz armiyasi qo’zg’olon ko’tardi. Undan keyin nemis qo’shini hujumga o’tdi, biroq ular ham vaziyatni qo’lga ololmadi. Urush Amerikaning hujumi bilan manevrli jang sifatida yakunlandi.
Amerika Ukraina-Rossiya urushiga kirmoqchi emas. Ammo urushdagi vaziyat hech qachon turg’un qolmaydi, doim o’zgarib turadi. Aksariyat holda bu o'zgarishlar nafaqat jismoniy yo'qotishlar bilan, balki jangning psixologik ta'siri bilan ham bog'liq.
Buni ham ko'ring Xitoy Ukraina urushida Rossiyaga yordam berayotganini rad etdiAmerika Ovozi: Siz Tramp maʼmuriyatida milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchi sifatida ishlagansiz. Prezident Trump davrida tashqi siyosat qanday edi?
Makmaster: Aytish qiyin. Prezident Tramp biz duch kelayotgan muammolarga pragmatik (aql bilan) yondashar edi, deb o’ylayman. U o’z ma’muriyati bilan maslahatlashar edi. Qo’shma Shtatlarda monarxiya hukmron emas. Prezident Tramp tashqi siyosatda katta valolatlarga ega bo’lsa-da, qaror qilishdan avval Kongress a’zolari bilan maslahatlashadi va Kongress a’zolarining katta qismi ma’qullamagan qarorlar qa’bul qilinmaydi. Menimcha, prezident saylanganidan keyin u o’z xalqi va Kongress a’zolari oldida javobgarlikni his qilishi kerak. Kelajakda nima bo’lishini vaqt ko’rsatadi.