Rossiyaning Afg'oniston bo'yicha maxsus vakili Zamir Kabulov Prezident Vladimir Putinga Afg'onistonda hukmron Tolibonni terroristlar ro'yxatidan chiqarish mumkin, deya maslahat bergan.
Rasmiy manbalarning ma'lum qilishicha, Tolibonni terrorchi deb hisoblamaslik Moskvaga uni hukumat sifatida tan olish uchun zamin yaratadi.
“Qarorni Rossiyag rahbariyati qiladi va masala ko'rib chiqilmoqda", - degan Kabulov.
Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Tolibonni Afg'onistondagi "real kuch" deb ataydi va uningcha, harakatni terrorchilar ro'yxatidan chiqarish "xolis reallik"ni aks ettirgan bo'ladi.
Rossiya Tolibonni 2003-yilda bu ro'yxatga kiritgan.
Buni ham ko'ring AQSh-Afg'oniston, Markaziy Osiyo-Tolibon: Bayden siyosati muhokamasi2021-yilning avgustida Tolibon hokimiyatga qaytganidan beri biror davlat uni tan olmagan, asosiy sabablar - inson huquqlari bilan bog'liq ahvol bag'oyat og'ir ekani va terrorizm bilan xavotirlar.
Biroq qo'shni davlatlar, Rossiya va Xitoy Kobul bilan diplomatik aloqada va hamkorlik qiladi.
Kabulov nazarida Tolibon tan olinish uchun harakatda, ammo oldinda to'siqlar bor, ularni hal etish kerak.
Sankt-Peterburgda 5-8 iyun kuni o'tadigan Xalqaro iqtisodiy forumga taklif etilgan.
Bu yillik tadbirga oldinlari G'arbdan yuqori lavozimli mehmonlar, jumladan rasmiylar va tadbirkorlar kelar edi. Ukrainadagi urush sabab ular hozir tashrif buyurmaydi va Rossiya bilan rishtalar cheklangan.
Moskva ham xalqaro hamjamiyatning boshqa a'zolari singari Tolibonni Afg'onistonda barchaning manfaatini hisobga oladigan siyosiy boshqaruv uchun yo'l ochishga undab keladi.
Tolibonga ko'ra esa mamlakat taqdirini uning o'zi hal qiladi va chetdan hech kim aralashmasligi kerak. Harakat uchun asosiy tamoyil islom va afg'on xalqiga xos qadriyatlar.
Tanqidchilarga ko'ra esa toliblar na islomni va na Afg'oniston aholisining orzu-havaslari va dardini aks ettiradi.
Rossiya Tolibonga azaldan yordam berib kelishi ham ma'lum, jumladan Moskva uzatgan qurollar Amerika kuchlari va uning ittifoqchilariga qarshi ishlatilgani ham aniqlangan.
Kreml Kobul bilan savdo aloqalarini ham rivojlantirishga bel bog'lagan, deydi rasmiylar.