Kamala Harris iqtosodiyoti qanday bo'ladi? Prezident Jo Bayden Oq uy uchun kurashni unga topshirgach, vitse-prezident o'z dasturini tushuntirishni boshladi.
Kambag'allikka qarshi choralar, kasaba uyushmalarini quvvatlash, sog'liqni saqlash, ijtimoiy himoya va nafaqa bilan bog'liq muammolarni hal etish demokratik nomzod platformasidagi asosiy jihatlardir.
Harris narxlarni tushirishni ham va'da qilmoqda.
Respublikachilar esa narxlar oshganida demokratlarni ayblaydi.
Mehnat vazirligiga ko'ra, Bayden prezidentligida eng zarur mahsulotlar kamida 19 foizga qimmatlashgan. Soatiga to'lanadigan ish haqi esa deyarli 17 foizga ko'tarilgan.
Senatda respublikachilar sardori Mitch Makkonnell fikricha, vitse-prezidentni ayblash asosli, chunki u hozirgi ma'muriyatda eng yuqori o'rindagi odamlardan biri.
Buni ham ko'ring Hind amerikaliklar saylov oldidan hayajondaLiberallar esa Harris o'z dasturini tushurishga haqli va va'dasiga qarab baholash tarafdori.
Bayden korporativ soliqni 28 foizga chiqarishni taklif qilgan, Tramp esa uni 21 foizga tushirgan edi.
Ayni damda Amerikada iqtisodiy o'sish 3 foizga ham yetmaydi.
Tarafdorlari Harrisni kapitalist deb biladi. U biznes taraqqiyot uchun kurashadi, deydi ular.
Tramp saylov kampaniyasi esa vitse-prezidentni Baydendan liberalroq va shu tariqa xususiy sektorni cheklashga urinadi, deya xalqni unga ovoz bermaslikka undamoqda.
Respublikachilardan vitse-prezidentlikka nomzod J.D. Vens deydiki, Harris Baydendan ham "yomon prezident bo'ladi", agar saylansa.
Soliqlar oshadi, sanoatlar, ayniqsa energetika sohasi zarar ko'radi, deydi Vens.
Biroq Bayden davrida neft va gaz ishlab chiqarish kengaygan.
"Oxford Economics" tadqiqot markazi tahlilicha, Amerikada saylovchi hozirgi kunda iqtisodiy jihatdan Tramp dasturini ko'proq quvvatlamoqda. Ekspertlar taxmincha, kelasi oylarda vaziyat o'zgarishi mumkin.
2021 - 2022 yillarda inflyatsiya ko'tarilgani unga qarshi ishlashi mumkin, chunki bu muammoda odamlar asosan Oq uyni ayblaydi.