AQSh va BMT tojik-qirg'iz chegara kelishuvini olqishlamoqda

  • Amerika Ovozi
Bishkek, 13-mart, 2025

Bishkek, 13-mart, 2025

Qo’shma Shtatlar Tojikiston va Qirg’izistonni o’z chegaralarini to’liq belgilash va demarkatsiya qilish bo’yicha kelishuvga erishgani bilan tabrikladi.

“Chegara bo’yicha kelishmovchiliklarni hal qilish hukumat o’z zimmasiga oladigan eng qiyin diplomatik vazifalardan biridir. AQSh ushbu muhim kelishuv jo’shqin savdo va xalqlararo aloqalar rivojlanishiga, ikki mamlakat va butun mintaqada farovonlik va tinchlik uchun eshiklarni ochishiga umid qiladi”, deyiladi Davlat departamenti bayonotida.

Bishkek, 13-mart, 2025

Bishkek, 13-mart, 2025

Tojikiston va Qirg’iziston prezidentlari imzolagan kelishuv natijasida 2021-yilda yopilgan “Qizil-Bel” va “Qayrag’och” nazorat-o’tkazish punktlari qayta ishga tushdi.

Dushanbe-Bishkek, Bishkek-Xo’jand yo’nalishlarida aviaqatnovlar, shuningdek, chegaradosh hududlar orasida avtobus qatnovi yo’lga qo’yiladi.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ham Qirg’iziston va Tojikiston o’rtasida imzolangan davlat chegarasi to’g’risidagi shartnomani “tarixiy yutuq” deya olqishlamoqda.

Guterrish tabrik bayonotida Qirg’iziston va Tojikiston o’rtasida “o’zaro ishonch, yaxshi qo’shnichilik”ka asoslangan konstruktiv hamkorlik davom etishiga umid bildirdi.

Bishkek, 13-mart, 2025

Bishkek, 13-mart, 2025

Prezident Emomali Rahmonning 13-mart kuni Bishkekka tashrifi chog’ida o’nlab hujjatlar, jumladan do’stlik va yaxshi qo’shnichilik aloqalarini mustahkamlash to’g’risida qo’shma bayonot imzolangan.

Rahmonga ko’ra, yaqin kunlarda Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston davlat chegaralarining tutash nuqtasi bo‘yicha ham kelishuv imzolanishi rejalangan.