AQSh Chexiya va Polshada mudofaa tizimi o'rnatmaydi

AQSh prezidenti Barak Obama Jorj Bush davrida ishlab chiqilgan reja - Yevropada raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimi o’rnatish qarorini o’zgartirib, Chexiya va Polshada bunday yirik qurilmalar o’rnatilmaydi demoqda.

Amerika muqobil usullar ustida o’ylanmoqda. Obamaning aytishicha, AQSh va Yevropa birinchi navbatda qisqa va o’rta masofaga uchadigan raketadan himoyalanishi kerak. Eron aynan shu xildagi qurolni sinovdan o’tkazgan.

Bush paytidan qolgan loyihaga qarshilik bildirib kelgan Rossiya Obamaning qaroridan mamnun.

AQSh Mudofaa vaziri Robert Geytsning aytishicha, Yevropa shimoli va janubida (Polsha va Chexiyada) sensor va raketani nishonga oluvchi qurilmalar joylash, shuningdek dengiz kuchlarini ishga solish muhokamada.