Gruziyada Ozarbayjon hukumati iltimosi bilan mustaqil axborot vositasi rahbari qo'lga olingani mamakatda media erkinlik nafaqat top ekanidan dalolat berib, jurnalistlarga bosimni oshirgan.
Azel TV direktori Afgan Sadigov hali ekstraditsiya qilinmagan. Vatanda u moliyaviy jinoyatlarda hamda haqoqatda ayblanmoqda. Ko'plab jurnalistlar uchun bunday holatlar yangilik emas. Ozarbayjonda media vakillarini sudga tortish hukumat ularga qarshi tez-tez ko'radigan chora.
2023-yilning o'zida 147 marta shunday ishlar ochilgan. Matbuotchilar, jumladan muxbirlar va blogerlar buni doimiy tahdid deya ta'riflaydi.
Ozarbayjon Media taraqqiyot agentligi, OAV bilan bog'liq masalalar bilan shug'ullanadigan organ "Amerika Ovozi"ning bu boradagi savollariga javob bermay kelmoqda.
Buni ham ko'ring Ozarbayjonda jurnalistlar va OAV uchun yangicha registratsiyaTizimni tanqid qilgan jurnalistlarni valyuta kontrabandasida ayblash yoki tovlamachilik qilgan deb sudlash mamlakatning har burchagida odat, deya noliydi OAV xodimlari. Lekin ular bu haqda aksariyat hollarda ochiq gapirishga qo'rqadi.
Anchadan beri Gruziyada yashayotgan Sadigov 3-avgust kuni Tbilisida politsiya tomonidan olib ketilgan. Hamkasblari va yaqinlari uning vatanga aslo qaytarilmasligini so'ramoqda.
Toplum TV boshlovchisi Alya Yagublu fikricha, Jurnalistlar va blogerlarga nisbatan tahdidlar ular korrupsiyani tekshirgani va boshqaruv tizimini ko'proq savolga tutgani sari kuchaydi va qattiq repressiyaga aylandi.
Bosimlar aynan prezidentlik va parlament uchun saylovlar paytida avjiga chiqib, o'zidan kuchli iz qoldirdi, ya'ni qo'rqinch urug'ini sochdi.
O'tgan yilning o'zida Ozarbayjonda 10 dan ortiq jurnalist qamaldi. "Jurnalistlarga adolat" deb nomlangan xalqaro tashkilot, Britaniyada asoslangan muassasaga ko'ra, Boku unga bo'ysunmagan matbuotni muxolifat deb hisoblaydi va uni jazolashga bel bog'lagan.
Saylov davrida buni hukumat yashirmadi, deydi muxbirlar.
Yagublu deydiki, hukumat bu jarayonda media vakillariga shu qadar agressiya bilan yondashdiki, ular biror qadam tashlashga jur'at etmaydigan darajaga bordi. Hujjat so'rash va tasvirga oldirmaslik - eng keng tarqalgan cheklovlar.
O'tgan yili qabul qilingan qonunga binoan Ozarbayjonda har bir OAV qayta ro'yxatdan o'tishi kerak va bunda ularning davlat rahbariyatiga sodiq ekani isbotlab berilishi kutiladi. aks holda registratsiya qilinmaysiz.
Buni ham ko'ring Ozarbayjonlik jurnalistlar xorijda ham ta'qib ostidaHozirgacha 10 media tashkilot rad etildi. Yevropa Ittifoqi siyosatchilariga maslahat beradigan Venetsiya komissiyasi Bokuning bu harakatlarini qoralab chiqqan.
Ozarbayjon parlamenti a'zosi Zohid Oruj nazarida bu qonun yoki uning amaliyotida muammo yo'q. Inson huquqlari qo'mitasi raisi sifatida u mamlakatda media erkin deya bahlashadi.
Huquq himoyachisi Samir Kazimli esa siyosatchilarni vijdonsizlik va zulmda ayblab, ular jazolanmas ekan, Ozarbayjonda erkin nafas olish qiyinlashib boraveradi, deydi. Biroq repressiya manbai aslida davlatning eng tepasidir, degan ishonch keng.
“Shu bois ham medianing ishi tobora murakkab va nozik”, - deydi Kazimli.
Yagublu fikricha, Boku hozirgi geosiyosiy vaziyatdan mediani ezish uchun foydalanmoqda va buni xavfsizlikni ta'minlash uchun zarur chora deb asoslab kelmoqda. Siyosatdan norozilar talay, ammo ular buni erkin bildira olmaydi.
Matbuot erkinligi bo'yicha xalqaro reytingda Ozarbayjon 180 davat ichida 164-o'rinda.