Misrda hukmron harbiy kengash xalq bosimi ostida prezident saylovlariga tayyorgarlikni tezlatmoqda.
Nomzodlar 10-martda, ya’ni avval aytilganidan bir oy oldin ro’yxatga olina boshlaydi. Saylovlar ham iyunda emas, ertaroq o’tishi mumkin.
Bu o’tgan yilgi qo’zg’olon va prezident Husni Muborak hokimiyatdan ag’darilganidan beri birinchi saylov bo’ladi.
Kecha poytaxt Qohirada namoyishchilar Ichki ishlar vazirligi binosi, soqchilarga qarata tosh otgan.
Politsiya ko’zni yoshlantiruvchi gaz, to’siqlarni ishga solgan.
Oxirgi besh kunda to'qnashuvlarda 13 kishi o'lgani ma'lum.
To'polon 1-fevral kuni Port Said shahridagi futbol matchi ketidan avj olib, o'sha kuni 74 odam hayotdan ko'z yugan edi.
Oq uyning bildirishicha, Misr rahbariyati mahalliy va xorijiy faollarni ta’qib qilayotgani Amerika yordamiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
43 faol, jumladan, 19 amerikalik ruxsatsiz, noqonuniy ravishda isyonchi tashkilot va guruhlar tuzib, moliyaganlikda ayblanib, sud qilinishi kutilmoqda.
Qo’shma Shtatlar Misrga har yili 1,3 milliard dollar harbiy yordam uzatadi.