Qozog’iston sudi huquq faoliga shafqat qildi

  • Amerika Ovozi

Qozog’iston sudi huquq faoliga shafqat qildi

Qozog’istonda huquq himoyachisi, qamoq jazosini o’tayotgan Yevgeniy Jovtis ikki hafta ichida ozodlikka chiqishi kutilmoqda.

U mamlakat mustaqilligining 20 yilligi munosabati bilan e’lon qilingan amnistiyaga tushgan.

Bu xabar Qozog’iston Tashqi ishlar vaziri Yerjan Kazixanov Vashingtonga safar qilayotgan paytga to’g’ri kelgan.

Jovtis 2009-yilda avtomobilda ketayotib yo’lovchini bexosdan bosib, o’ldirganlikda aybdor topilib, to’rt yilga qamalgan edi.

Ayrimlar nazarida ayblov uydirma va faol kasbiy faoliyati bois atayin nishonga olingan.

Muxolifat prezident Nursulton Nazarboyev va uning ma’muriyatini turli bosimlarda tanqid qilib keladi.