Qozog'istonda terror xurujining oldi olingani aytilmoqda

  • Amerika Ovozi

Almati shahri

Qozog'iston Bosh prokuraturasi o'tgan shanba Almatida terror xurujlarini amalga oshirish rejasi fosh etilganini aytmoqda. Mamlakatni 2009-yilda tark etgan bankir Muxtor Ablyazovning hamtovoqlari xuruj ortida turibdi, deyiladi prokuratura bayonotida.

Tergovchilarga ko'ra, terrorchilar bombalarni shahar bog'lari va hukumat idoralarida portlatmoqchi bo'lgan. Maqsad aholini qo'rquvga solib, tartibsizliklarni keltirib chiqarish, ijtimoiy va siyosiy hayotni izdan chiqarish bo'lgani aytiladi.

Ablyazov prezident Nursulton Nazarboyevning ashaddiy tanqidchilaridan. Moliyaviy qalloblikda ayblanib, qo'lga tushmaslik uchun uch yil avval Londonga qochgan edi. O'tgan oy u London sudi qaroriga bo'ysunmagani uchun 22 oy qamoq jazosiga mahkum etilgan edi. Ammo hibsga olinishdan avval qochishga muvaffaq bo'lib, qayerdaligi noma'lum.

Qozog'iston adliyasiga ko'ra, terrorchilarga xurujlarni amalga oshirish uchun 25 ming dollar va'da qilingan edi.