Prezidentlikka da'vogar to'rt respublikachi bugun uch yirik shtatda partiya nomzodligi uchun bellashdi.
Minnesota shtatida sobiq senator Rik Santorum ko'pchilik ovozni qo'lga kiritgan. Missuri va Kolorado respublikachilari nazarida ham u Oq Uyga munosib arbob.
Shtatma-shtat o'tadigan saralash jarayonida va reytinglarda, umuman olganda, Massachusetts shtati sobiq gubernatori Mitt Romni oldinda ketmoqda.
Lekin bugungi g'alaba manzarani bir oz bo'lsa-da, o'zgartirsa ajabmas.
Mitt Romni 2008-yilda ham prezidentlik uchun kurashganida Kolorado respublikachilari uni quvvatlagan.
Ammo nomzodlikni Romni Jon Makkeynga boy bergan edi. Makkeyn esa prezidentlikka saylana olmagan.
6-mart kuni 10 shtat birvarakayiga ovoz beradi. Undan keyin respublikachilardan prezidentlikka nomzod kim bo’lishi yanada oydinlashadi.
Nomzod 6-noyabrda umummamlakat saylovida amaldagi rahbar, demokrat Barak Obama bilan bellashadi.