Prezidentlik poygasi: Nyut Gingrich kim?

  • Amerika Ovozi

Nyut Gingrich, Vakillar Palatasi sobiq spikeri, prezident bo'lishga bel bog'lagan, lekin poygada orqada

Nyu Gingrich 68 yoshda. 1995-99 yillar orasida Kongressning Vakillar Palatasi spikeri bo’lib xizmat qilgan. U paytda demokrat Bill Klinton prezident edi.

Rik Perri

1995-yilda respublikachilar Vakillar Palatasini demokratlardan tortib olganida, Nyu Gingrich qahramon sifatida ko’rilgan. Chunki ungacha, 40 yil davomida, palata faqat demokratlar qo’lida bo’lgan.

Gingrich o’zini “inqilobchi” deb ataydi. Jiddiy muammolarga jiddiy yechim topish kerak deya qayd etib keladi.

Siyosatshunos Jon Fortiyer nazarida Gingrich singari gapdon arboblarni Amerika ko’p ko’rgan.

To’g’ri, u kuchli kongressmen bo’lgan, so’zini o’tkaza olgan, deydi Fortiyer. Lekin amerikaliklar orasida Gingrichga nisbatan ishonch u qadar kuchli emas.

Haqiqatdan ham unga yolg’onchi, befavo siyosatchi deb qarashadi. Prezidentlikka da’vo qilayotgan har bir siyosatchi kabi Gingrich ham shaxsiy hayoti haqidagi savollarga javob berishga majbur.

Uning millionlab dollarga teng shaxsiy samolyoti va Vashington yaqinidagi hashamatli uyi borligi, rafiqasiga qimmatbaho taqinchoqlar olib berib, uni prezidentlik uchun kampaniya boshlashga ko’ndirgani, uch marta uylanib, orada boshqa ayollar bilan don olishgani….

Amerikaliklar prezident saylovida nomzodning shaxsiyatini elakdan o’tkazadi.

“Ko’p xatolar qilganman, adashganman”,- deya tan oladi Gingrich.

Mitt Romni, Nyut Gingrich

“Ammo xudoga ishonchim tufayli to’gri yo’lga qaytganman”, - deydi u.

Immigratsiya bobida u qattiqqo’l siyosat tarafdori. Chegarani, kerak bo’lsa, pilotsiz samolyotlar bilan kuzatish, chegarachilar sonini oshirish lozim.

Xitoyni AQShning eng yaqin tijoriy hamkori deb hisoblaydi. Ammo kommunistik davlatdan milliardlab dollar qarz olingani xavotirga molik.

Gingrich nazarida Eronda rejim o’zgarishi kerak. Bu mamlakat atom qurollari ustida ishlayotgani kelajakda ulkan muammolardan darak beradi, deydi u.

Afg’onistonga kelganda esa, deydi arbob, bu mamlakat hali uzoq davr yordamga muhtoj bo’ladi va Amerika u yerdan chiqishga shoshmasligi kerak.