Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligiga (MDH) a’zo davlatlarning tashqi ishlar vazirlari Toshkentda uchrashgan. O’zbekiston prezidenti Islom Karimov Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qilgan.
Ekspertlar nazarida, mintaqadagi ziddiyatlardan unumli foydalanayotgan Moskva Markaziy Osiyodagi pozitsiyasini mustahkamlab bormoqda.
Lavrov bilan uchrashgan prezident Karimov Rossiya bilan ittifoqchilik munosabatlarining bugungi darajasini yuksak baholadi. Rossiya ham aloqalarni izchil rivojlantirishdan manfaatdorligini bildirgan.
Ammo bugungi vaziyat shundayki, ittifoqchilikning yuksak darajasi haqida gapirish biroz qiyin.
O’zbekiston mintaqadagi energetik loyihalarni Rossiya qo’llayotganidan norozi. Kreml bu borada Toshkent pozitsiyasi bilan hisoblashmoqchi emas. Moskva energetik loyihalarda, qurol-yarog’ masalasida Qirg’iziston va Tojikistonga yordam va’da qilmoqda.
O’zbekiston Kollektiv Xavfsizlik Tashkilotidan chiqdi, harbiy masalada ko’proq G’arb davlatlari yordamiga umid qilmoqda.
Toshkent pozitsiyasidagi bu o’zgarishlar Moskvaning ochiq noroziligiga uchramagan bo’lsa-da, zimdan ziddiyatlarni qo’zg’atgan.
Markaziy Osiyo bo’yicha ekspert Vitaliy Volkovga ko’ra, Kreml Toshkent bilan munosabatlar sovuqlashishi soyasida Qirg’iziston, Qozog’iston va Tojikiston bilan muammolarini osonroq hal etib, mintaqada pozitsiyasini mustahkamlamoqda.
“G’arb siyosatida “bo’lakla va hukmronlik qil” degan gap bor, Moskva shu aqidaga amal qilmoqda. Toshkent bilan munosabatlar sovuqlashishi Dushanbe, Bishkekni murosaga keltiradi, qolaversa, Astanani ham”, - deydi Volkov.
Ekspertning aytishicha, Moskva Toshkentning G’arb tomonga og’ishini vaqtinchalik hodisa deb hisoblaydi, zarurat tug’ilganda bosim orqali vaziyatni o’nglshiga ishonadi.
“Xullas, bu bir siyosiy o’yin, faqat nazarimda oxiri yomon tugashi mumkin bo’lgan o’yin. Moskva nima bo’lishidan qat’iy nazar Karimovga ta’sir ko’rsatishni ma’qul ko’radi, keyinchalik ham baribir Karimov yoki Karimov odamlari bilan ish yuritishga to’g’ri keladi degan fikrda”, - deydi Volkov.
So’nggi paytda mintaqadagi siyosiy-iqtisodiy sohada ham, harbiy masalalarda ham Rossiya o’rni kuchaygan.
Moskva mintaqa davlatlari ishtirokini nazarda tutadigan Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyatini, Bojxona ittifoqi faoliyatini yo’lga qo’ydi. Erkin iqtisodiy hudud barpo etishni rejalayotgan ittifoq hozircha Belarus, Rossiya va Qozog’istondan iborat. Qirg’iziston va Tojikistonni jalb etish muhokama qilinmoqda.
Regionda Rossiya qudrati oshib borayotgani jamoatchilik orasida norozilik uyg’otgani ham kuzatiladi.
Yaqinda Qozog’iston muxolifati Yevrosiyo ittifoqidan chiqish masalasini mamalakatda referendum orqali hal etishni talab etib chiqdi. Qozoq muxolifati avtoritar boshqaruv kuchaygan Rossiya bilan qayta bir ittifoqqa birlashishni xavfli deb baholaydi.
Your browser doesn’t support HTML5