Ertaga Rossiyada parlament saylovlari. Bugun Moskvada “Golos” nohukumat tashkiloti rahbari Lilya Shibanova Sheremetyevo aeroportida ushlab turilgan.
Saylov jarayonini kuzatib kelayotgan bu mustaqil guruh hukumatni tanqid qilib keladi.
Shibanovaning qo’l kompyutyeri undan tortib olingan.
Kecha Moskva sudi “Golos” tashkilotiga 1000 dollarlik jarima solgan edi.
Sabab – bu muassasa saylov qonunlari buzilayotgani haqida internetda ma’lumot chop etgan.
“Golos” 5000 ga yaqin fuqarodan tushgan shikoyatlarni bir joyga jamlagan.
“Lekin tashkilot bosimga bosh egmay saylov jarayonini kuzatishda davom etadi va xulosalarini ochiq bildiradi”, - deydi “Golos” vakili Dmitriy Merejko “Amerika Ovozi” bilan suhbatda.
Ertangi saylovda Bosh vazir Vladimir Putinning “Birlashgan Rossiya” partiya g’alaba qozonishi kutilmoqda.