Rossiya futbol jamoasida o'ynayotgan o'zbekistonlik

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Rossiya futbol jamoasida to'p surayotgan o'zbekistonlik

Rossiyada muhojirlikda yashayotgan o’zbekistonlik yigit bu yerda hayot har doim hamoson emasligini aytadi. Go’yoki muhojirlar rossiyaliklarning nonini yarimta qilayotgandek, ko'p kamsitishlarda yo'liqadi. Shunga qaramay, uning hayotiga mazmun bag'ishlayotgan bir sabab bor. U butun dunyodan kelgan muhojirlardan iborat fulbol jamoasida o’ynaydi.

Your browser doesn’t support HTML5

Sankt-Peterburg futbol jamoasidagi o'zbekistonlik

Asli o’zbekistonlik Rustam Mustafoqulov Rossiyada ko’p qavatli binolarning oynalarni tozalab kun ko’radi. Ishdan keyin fulbol o’ynaydi. Uni ruhlantirib turadigan omil ham shu.

“Bu jamoa bilan bir nech yildan beri birgamiz. Og’ayni bo’lib ketganmiz”, - deydi u.

Uch farzandning otasi Rustam Mustafoqulov “Maksima” futbol jamoasiga qo’shilgunga qadar O’zbekiston ligasida o’ynagan. Havaskor jamoa ko’plab muhojir futbolchilarni jalb qilgan. Ular endi rossiyaliklarning pisandasiga e’tibor ham bermay qo’ygan.

“Ko’pincha bizni deb ishsiz qolayotganini aytishadi. Ba’zilar indamaydi. Hamma har xil munosabat qiladi”, - deydi Mustafoqulov.

2007-yilda tuzilgan havaskor jamoada xorijdan kelib qo’shilganlar ko’p. Hech biriga o’zga yurtga, ayniqsa, Sankt-Peterburgga kelib joylashish oson bo’lmagan. Ularga Baxtiyor Yusupov murabbiylik qiladi. U ham muhojir.

“Maqsadimiz har bir o’yinchi o’zini uyidagiday his qilsin. Ularning nima ish qilishi, aravakashmi, rahbarmi, bizga farqi yo’q”, - deydi u.

“Maksima”da O’zbekiston, Mali, Kamerun, Armaniston va Misrdan kelgan o'yinchilar bor va haftada bir necha bor yig’ilib to’p surishadi. Ulardan biri rossiyaliklar tomonidan iliq kutib olinganini aytadi.

“Rossiya haqida ko’p eshitganim kelishimga turtki bo’lgan. Odamlar bu yerdagi madaniyat, irqchilik va yopiqlikni aytib, bu yerda yashash qiyin deb ko’p gapirishadi. Ammo hozircha buning askini ko’ryapman”, - deydi Mali davlatidan kelgan Aziz Kamara.

Misr professional jamoasida o’ynagan Muhammad Hofiz “Maksima” orqali yana katta ligalarga qaytish umidida.

“Futbolsiz yasholmayman. Orzuim professional jamoalar bilan o’ynash. Ortga chekinish yo’q”, - deydi u.

O’yinchilarning ko’pchiligi oilasi bilan vatanidan uzoqda. Lekin futbol jamoasini vatan bilib, orzulari sari intilmoqda.