Rossiyada parlament saylovlari, qonunchilik organiga ishonch past

  • Amerika Ovozi

Rossiyada parlament saylovlari, qonunchilik organiga ishonch past

Rossiya xalqi ertaga yangi parlamentga ovoz beradi. Tanqidchilar nazarida bu organ Kremlga tilyog’lamalik qilishdan boshqaga yaramaydi.

Saylov aholi orasida Bosh vazir Vladimir Putinga qarshi kayfiyat kuchayib borayotgan pallaga to’g’ri kelmoqda.

Vladimir Putinga gapga ko’nadigan yordamchilar, yuvosh safdoshlar yoqadi. Birlashgan Rossiya partiyasi uni bir ovozdan prezidentlikka nomzod deb tanlagan. 614 kishi ovoz bergan bo’lsa, hammasi rozi.

Lekin undan sal avval kurash bo’yicha musobaqa paytida Putin so’zlayotgan payt muxlislar “ket, ket” deganday qilib shovqin ko’tardi. Boshqa bir kun Putin parlament yig’ilishida qatnashdi, lekin muxolif deputatlar uni turib kutib olmadi.

Sobiq deputat Vladimir Rijkov nazarida bosh vazir yakshanba kungi saylovdan foydalanib, obro’sini tiklamoqchi.

“Vladimir Putin saylovda aksariyat fuqaro qatnashib, unga ovoz berishiga ishonchi komil”, - deydi u.

Rossiyada parlament saylovlari, qonunchilik organiga ishonch past

Kommunistik partiya ikkinchi o’rinni egallashi kutilmoqda. Millatchilar Kremlga xayrixoh, hukmron partiyaga ovoz berishi aniq.

Oppozitsiya umuman ovoz bermoqchi emas, boshqalar saylov varaqasiga chizib-chizib tashlash niyatida.

Fuqaroning ko’ngliga yo’l topish uchun hukumat reklamaga zo’r berdi.

Qonunchilik organi uchun yetti partiya bellashmoqda. Lekin Vladimir Rijkovning partiyasini ro’yxatga olishmadi.

U Rossiyani Vladimir Putin KGB agenti bo’lib ishlagan Sharqiy Germaniya bilan qiyoslaydi. “Besh partiya bor edi Sharqiy Germaniyada. Xitoyda bugun to’qqiz partiya bor. Lekin hech kim Xitoyni ko’p-partiyaviy, demokratik tizim deb atamaydi”, - deydi Rijkov.

“Golos” nodavlat tashkiloti fuqarolarga shikoyat bilan chiqish imkonini bermoqda. Shu paytgacha 4,5 yarim mingdan ko’p ariza kelgan.

Rossiyada parlament saylovlari, qonunchilik organiga ishonch past

Liliya Shibanova, tashkilot rahbarining aytishicha, davlat ishida xizmat qilayotgan muallimu shifokorlar bosim ostida. Saylovga chiqasan, deb zo’rlashmoqda ularni.

Rasmiy matbuot tashkilotni xorij josusi, deb tamg’alaydi.

Deyvid Xoffman 1990-yillarda “Vashington Post” gazetasining Rossiyadagi muxbiri edi. Bugun Moskvada yashab, kitobi uchun izlanayapti. Uning aytishicha, Putin Rossiyada raqobatni ezib tashlagan.