Suriya xavfsizlik kuchlari Damashq markazida isyonchilar bilan to’qnashgani xabar qilinmoqda.
Hududda xorijiy elchixonalar va Suriya hukumati rasmiylarining uylari joylashgan.
Britaniyada joylashgan Suriya inson huquqlari tashkiloti raisi Rami Abdul Rahmonning aytishicha, otishmada 18 askar yaralangan.
“Sano” davlat axborot agentligiga ko’ra, xavfsizlik kuchlari tumandagi uylarning birida yashiringan terrorchilar iziga tushib, ikkisini o’ldirgan, birini hibsga olgan.
Hukumat nazarida terrorchilar prezident Bashar al-Assadni hokimiyatdan ag’darmoqchi, biroq inson huquqlari faollariga ko’ra, xalq zug’umdan to’ygan, muxolifat Assadning hokimiyatdan ketishini istaydi.
Suriyada hukumatga qarshi namoyishlar boshlanganiga bir yil bo'ldi. 8000 dan oshiq odam o'lgan, asosan armiya o'qidan.
Mamlakatdagi manzara: