Rossiya rahbari Vladimir Putin Dushanbega safar qilar ekan, ommani qiziqtirgan asosiy masala - mehnat muhojirlari taqdiri.
Muzokaralarda energetik loyihalar, regional iqtisodiy birlik, investitsiya, harbiy baza kelajagi, immigratsiya va madaniy masalalari muhokama qilinadi.
Eskpertlar deydiki, Tоjikiston Rog'un GESi qurilishi yuzasidan O'zbekistonga Rossiya orqali ta’sir o’tkazishni istaydi.
Uzoqni ko’zlab ish tutuvchi, pragmatik siyosatchi bo’lgan Putin esa, deydi tahlilchilar, Rossiyaning Tojikistondagi mavqeini mustahkamlash niyatida, lekin O’zbekiston bilan munosabatlarni buzish yo’lidan bormaydi.
"Amerika Ovozi" bilan muloqot qilgan ziyolilardan biri Obloqul Muso ta'biricha Tojikiston va Rossiya rahbarlari rangli metallurgiya sohasida qo'shma korxonalar ochish borasida shartnomalar imzolaydi.
“Mintaqada ko’pgina munozaralarga sabab bo’layotgan Rog’un GESi masalasida men o'ylaymanki, Putin buni qo’llab quvvatlamaydi... Regionda muhim o’rin tutgan O’zbekistonni ranjitib qo’yish niyati yo’q. Masalaga har tamonlama yondoshadi deb umid qilamiz.”
Mahalliy rus jurnalisti Valentina Doronina tahlilicha, Putin e'tiborni Rossiyaning butun mintaqadagi nufuzini tiklashga qaratadi. Rus xalqi tojik va o'zbekdek birodar elatlarning ini, deya eslatib qo'yishi ham mumkin.
“Putin tojiklar bilan tojiklarga, o’zbeklar bilan o’zbeklarga ma’qul o’zanda so’z yuritishga usta siyosatchi. Mustaqillik haqida qancha og’iz ko’pirtirmaylik, men o’ylaymanki, biz baribir Rossiyaga bog’lanib qolganmiz va Rossiya Markaziy Osiyoda o’zining ta’sir kuchini saqlab qolmoqda. Imomali Rahmon ayni paytda Putin oldida o’z mavqeini saqlab qolishi kerak bo’ladi, shuning uchun ba’zi hollarda yon bosishi mumkin va Putinga aynan shu kerak”.
Оbloqul Musoning aytishicha, Rossiyaning Tojikistondagi harbiy bazasi masalasi allaqachon hal qilingan.
“Albatta ular Tojikistonda qoladi, aniq! Masala hal bo’lgan, kelishi bilan ba’zi bir hujjatlar imzolanadi. 201-diviziya qoladi.”
Tojikiston Demokratik partiyasi Xo'jand shahar qo’mitasi raisi Fayzullo Fayziyev Putin hech qachon tojiklarning do’sti bo’lmagan va bo’lmaydi ham deb hisoblaydi.
"Chunki, prezidentimiz uni qadrlab bo’yniga Ismoil Somoniy ordenini ilib qo’yganida, hatto bir daqiqa qoldirmay bo’ynidan olib qo’yib, ordensiz chiqish qilgan edi",- deya eslaydi u.
“Bu - pisand qilmaslik, o’ziga bu ordenni ep ko’rmaslik, Tojikistonni hurmat qilmasligini ko’rsatadi. Biror siyosiy arbob chet elda o’zini bunday tutmaydi. Lekin istaymizmi-yoqmi Tojikistonda Rossiyaning strategik maqsadlari bo’lsa-da, ular regionda O’zbekiston bilan kelishib ish yuritadi. Shuning uchun mamlakatimiz prezidentiga Putin bilan kelishish oson bo’lmaydi. Xo’p, o’rtada savol paydo bo’ladi: Rossiya o’zi uchun strategik ahamiyatga ega inshootni qurar ekan, qo’shnilardan ijozat oladimi? Yo’q, albatta!”
Putinning Tojikistonga davlat safari har ikki mamlakat prezidentlarining 60 yoshga kirishi kunlarida ro’y bermoqda. Bunday sharoitda uchrashuvlar ikki tomonni ham qoniqtiruvchi natijalar bilan tugashi zarurdek ko’rinadi.
Obloqul Muso fikricha, rudaga boy Tojikistonda rangli metallaurgiya sohasida sarmoya kiritish va mehnat muhojirlariga ba’zi imkoniyatlar yaratish yuzasidan hujjatlar imzolanadi.
Ba’zi mahalliy tahlilchilar esa O’zbekiston Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasidan chiqib ketganligi sabab Putin Tojikistonda kattaroq va’dalar berishi ham mumkin.

Your browser doesn’t support HTML5