AQShda demokratlardan prezidentlikka nomzod Kamala Harris Minnesota gubernatori Tim Uolzni saylovda vitse-prezidentlikka nomzod sifatida tanladi.
Your browser doesn’t support HTML5
60 yoshli siyosatchi Milliy gvardiyada xizmat qilgan, maktabda sport murabbiysi bo’lib ishlagan, 2006-yilda Vakillar palatasiga saylanib, 12 yil qonunchi bo’lib ishlagan, 2018-yilda Minnesotada gubernatorlikka saylangan.
Uolz maktablarda o’quvchilarni bepul taom bilan ta’minlash, iqlim o’zgarishiga qarshi kurash, o’rta sinf vakillari uchun soliqlarni kamaytirish, ishchilarga pullik ta’tilni joriy etish kabi tashabbuslar ortida turibdi.
U abort huquqini himoya qilish bilan birga qurolga egalik qilish huquqi, agrosanoat manfaatlarini himoya qilishi bilan ham tanilgan.
Harris Uolzni saylovda o’ziga sherik qilish bilan turli qatlam saylovchilari ovozlarini olishga umid qilmoqda. Uolz Michigan va Kentuki kabi saylovda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lishi mumkin shtatlarda odatda Trampning elektorati bo’lgan oq tanli qishloq aholisini hamda saylovda kimga ovoz berishni bilmay ikkilanib turgan fuqarolarni demokratlar tarafiga og’dirishga harakat qiladi.