Nyu-York sudi Trampni moliyaviy qalloblikda aybdor topdi

  • Amerika Ovozi

Seshanba kuni Nyu-York sudi AQSh sobiq prezidenti Donald Trampni moliyaviy qalloblikda aybdor deb topdi va bu shtatda biznes amaliyotga ruxsat beruvchi litsenziyadan ayirdi.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot - 27-sentabr, 2023-yil

Artur Engoron ismli sudya nazarida, Tramp va uning biznesiga aralashgan oila a’zolari mulklari va boshqa aktivlarining qiymatini bo’rttirib ko’rsatgan.

Sud qarori Trampga qarshi da’volarni olg’a surgan Nyu-York shtat bosh prokurori Letitsiya Jeymsga oktabrga belgilangan o’xshash sud jarayonida qo’l kelishi mumkin. Unda Tramp va farzandlarining o’z bizneslari uchun imtiyozliroq kreditlar va sug’urta polislarini olish maqsadida daromadi haqida yolg’on ko’rsatma berishgani tekshiriladi.

Tramp sudya Engoronni yolg’onda ayblab, uni sudga berdi. Kuzatuvchilar Trampning ushbu da’vosi oktabrdagi sud jarayonini kechiktirishga qaratilganini aytadi.

Tramp Nyu-Yorkda biznes qilish imkonidan mahrum bo’lsa, saylov kampaniyasini moliyalashda qiynalishi mumkin.

Bayden va Tramp saylov kampaniyasiga zo’r berayotganiga qaramay, amaldagi rahbarning keksa yoshi, sobiq rahbarning esa huquqiy muammolari ularga saylovda qatnashishga g’ov bo’lishi mumkin.

Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka da’vogar va reytinglarda ancha ilg'orilab ketgan Tramp bugun Detroytda zavod ishchilari bilan uchrashmoqda.

Tramp partiyadosh raqiblarining Kaliforniyada bo’ladigan ikkinchi teledebatini ham bugun qoldirmoqda.