O’zbekistonda diniy e’tiqodi tufayli ta’qib etilib, Qozog’istonga chiqqan, u yerda siyosiy boshpana olishga harakat qilgan biri guruh o’zbek qochqinlari O’zbekistonga ekstraditsiya qilinishi mumkin.
G'arb mamlakatlarida istiqomat qilayotgan o’zbeklar Qozog’iston hukumati qaroriga norozilik bildirib, namoyishlar o’tkazmoqda. Xususan Ukraina, Shveytsariya, Daniya, Shvetsiya, Germaniya, Chexiya, Gollandiya va AQShda.
Uch oycha avval 29 o'zbekistonlik Qozog’istonda hibsga olingan va hozirda Almatidagi turmada saqlanmoqda.
Ular O’zbekistonga yuborilgan taqdirda qamoqqa olinishi mumkin. Tafsilotlar radio lavhada.