Yamanda namoyishlar xunrezlikka aylandi

  • Amerika Ovozi

Kecha ham Sanoda politsiya namoyishchilarni o’qqa tutib, kamida 31 kishini o’ldirgan edi

Yil boshidan beri xalq isyoni tinmayotgan Yamanda prezident Ali Abdulla Solihga qarshi namoyishlar mana uch kundirki xunrezlikka aylanib, bugunning o’zida poytaxt Sanoda to’qqiz odam halok bo’lgan.

Ular orasida hukumatdan yuz o’girgan general Ali Muhsin al-Axmarga sodiq uch zobit bor.

General armiyani tark etganidan beri Yaman ikkiga bo’lingan – prezident Solih tarafdorlari va isyonkor general al-Axmarga ergashgan kuchlar.

Kecha ham Sanoda politsiya namoyishchilarni o’qqa tutib, kamida 31 kishini o’ldirgan edi.

BMT Bosh kotibi Pam Gi Mun xalqqa qarshi zug’umni qoralab, hukumatni bosiqlikka undamoqda.

Yaman Tashqi ishlar vazirligi Abu Bakr al-Kurbi poytaxtdagi to’qnashuvlar borasida afsusda ekanini aytib, jinoyatchilarni jazolashga va’da bergan.