Shiddatli yomg’ir tunda qorga aylandi. Ertalabgacha qalin qor... Har galgidak birinchi qor va umuman qish shahar-qishloqlarni tozalash xizmatlari uchun jiddiy sinov. Ayni paytda odamlar o’tin-ko’mir g’amlash bilan ovora. Keyingi yillarda Qirg’izistonda ko’mir narxi keskin ko’tarildi. Bir tonnasi o’n ming qirg’iz so’mi atrofida, ya’ni ikki yuz AQSh dollaridan ziyod turadi. Sovuq tushganiga qaramay, hayot o’z maromida ketmoqda. Qurilish, savdo-sotiq, deganday… Qor ko’p bo’lsa, suv ko’p bo’ladi, to’qchilik bo’ladi, deydi odamlar. (Ulug'bek Sokin olgan suratlar)