Senatda kelasi olti oy uchun byudjet ma'qullanishi hukumatni yopilishdan saqlab qoldi. Bu bilan AQSh joriy moliyaviy yilning oxirigacha bu masalani hal qildi.
Putin sulh taklifiga ijobiy munosabat bildirgan holda ikki ming kilometrlik front chizig’i bo’ylab otashkesim ijrosini nazorat etish oson bo’lmasligini, masalani Tramp bilan muhokama etishini aytdi.
Jidda uchrashuvi yakunidagi e'longa ko'ra, AQSh Ukrainaga bir necha kun oldin to'xtatib qo'ygan harbiy yordam va razvedka almashinuvi yana yo'lga qo'yilgan.
Prezident Tramp Tehronni yadroviy maqsadlar haqida gaplashishga undagan. Eron murosaga bormasa, Tramp "maksimum bosim" o'tkazishga shay.
Ayrim kuzatuvchilar Ukrainaga harbiy yordamning to’xtatilishini uni muzokaraga ko’ndirishga qaratilgan bosim sifatida ko’rmoqda.
Prezident Donald Tramp 20-yanvarda imzo chekkan farmon USAIDni tubdan isloh qilishni buyurgan edi. 10 mingdan oshiq xodim va 90 dan ziyod davlatda vakolatxonaga ega agentlik bir kunda yopilgan.
40 million aholiga ega Kanada parlamentar demokratiyadir. 59 yoshli Mark Karni raqiblarini katta farq bilan yutgan. 86 foiz ovoz olgan.
Jinsiy tengsizlik global miqyosda 68,5 foizda, ya'ni ayollar erkaklardan hamon shu darajada past va orqada. Tenglikka erishish uchun yana besh avlod tinimsiz harakat qilishi kerak.
Ukrainani Rossiyaga yon bermaslikka undayotgan Yevropa Amerikaning o’rnini egallashga intilmoqda, Ursula fon der Leyen rejasi mudofaa uchun 800 milliard yevro jamg’arishni ko’zda tutadi.
Misr G’azoga BMT tinchlikparvar kuchlarini olti oyga kiritishni taklif etgan. Isroil va AQSh XAMASni qurolsizlantirishni talab qilarkan, rejada bu haqda hech narsa deyilmagan.
AQSh Ukrainaga harbiy yordamni to’xtatishi va razvedka ma’lumotlarini ulashishni bas qilishi ketidan Yevropa mamlakatlari va xususan Britaniya va Fransiya Ukrainani qo’llab-quvvatlashda tashabbusni o’z qo’liga olmoqda.
AQSh hukumatining BMTga bildirishicha, u endilikda tashkilotning asosiy yo'nalishlarini avtomatik ravishda quvvatlamaydi, jumladan taraqqiyot dasturlari va global miqyosda qashshoqlikka qarshi kurashni.
Ko'proq...