Xorijlik bo'lsangizda, Amerikadagi saylov sizga qiziq, deydi bu mamlakatda ta'lim olayotgan yoshlar, chunki uning natijasi global ahamiyatga ega.
Tadqiqotning ko'rsatishicha, Texasning eng katta shahri Xyuston AQShdagi eng xilma-xil yirik shahar hisoblanadi.
Vitse-prezident tanqidchilarining da'vo qilishicha, u Amerikada ozchilik millat vakillari uchun yaratilgan imtiyozlar ortidan muvaffaqiyat qozongan.
Klamat daryosidan bugungacha to’rt to’g'on olib tashlandi. Daryo Oregon shtatidan boshlanib, Kaliforniyagacha keladi, uzunligi 400 kilometr.
Tramp va Harris muhim bo’lgan ikkilanuvchi shtatlarda saylov kampaniyasini kuchaytirmoqda, iqtisodiyotni jonlantirishga qaratilgan siyosati borligini aytib, saylovchilar e’tiborini qozonishga harakat qilmoqda.
Rossiya AQShdagi axborot veb-sahifalariga o’xshovchi o’nlab axborot saytlarini tashkil etib, Amerika saylovchilarining muhim mavzular bo’yicha fikriga ta’sir qilishda ayblanmoqda.
AQSh prezident saylovlarida ayollar 1984-yildan beri erkaklarga qaraganda faol. Ularning aksariyati demokratlarga ovoz beradi.
Demokratlar va respublikachilarning aksariyati o’z nomzodini debatda g’olib deb topdi. Respublikachilar orasida Harrisning debatda qo’li baland kelganini, Tramp mavzudan ko’p chetga chiqqanini tan oluvchilar ham bor.
Saylov bo'yicha musulmonlar qarashlari bo'lingan; ular kimni saylashi mavhumligicha qolmoqda.
Seshanba oqshom AQShning Filadelfiya shahrida Demokratlardan prezidentlikka nomzod Kamala Harris va Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp o’rtasida ilk televizion debat o’tkaziladi.
Gap saylovchilarni ro’yxatga olish, ovoz berish, ovozlarni hisoblash va tasdiqlash hamda jarayon davomida vujudga kelishi mumkin bo’lgan muammolarni hal qilish haqida ketmoqda.
O’zini Yaqin Sharq yoki Shimoliy Afrika xalqlariga mansub deb hisoblovchilar uchun MENA demografik guruhi joriy qilindi.
Ko'proq...