Millionlab odamlar qochqin sifatida sarson bo’lib yurgan zamonda yashayapmiz. Yevropa yaqin tarixda bunchalik oqimga guvoh bo’lmagan. Bu yili “Oskar” mukofotiga ko’rsatilgan ikki hujjatli film qochqinlar masalasini yoritadi. “Dengizdagi alanga” va “4,1 milya” deb nomlangan kartinalar.