Breaking News

Bayden Xitoyga bosimni oshirishi kutilmoqda


AQSh, 24-sentabr, 2015
AQSh, 24-sentabr, 2015

Amerikaning Xitoy bilan aloqalari o'tgan o'nyillikdagi eng past darajada. Prezidentlikka saylangan Jo Bayden Pekinga nisbatan qanday siyosat yuritadi?

Vashingtondagi aql markazlari ta'biricha, Bayden Oq uyni egallagach Xitoy bilan rishtalar ilimaydi va yangi prezident ittifoqchilar yordamida unga nisbatan bosimni oshiradi.

Bayden Xitoy hukumati va rahbarlarini yaxshi bilishini aytib keladi. Biroq ular bilan qanday ishlashi mumkinligi haqida bafurja gapirmagan. Bu hali aniq ham emas, deydi tahlilchilar.

Koronavirus, iqtisodiy tiklanish, irqiy tenglik va iqlim kelajagi - Bayden uchun shular birlamchi masalalar sifatida tilga olinadi.

Amerikaning yangi rahbari kelasi yili demokratik davlatlarning liderlari uchun sammit o'tkazishni rejalagan. Unda erkinlik va demokratik qadriyatarga urg'u beriladi va Xitoy singari repressiv tuzumlarga nisbatan birgalikda chora ko'rish muhokama qilinadi. Iqtisod, immigratsiya, texnologiya va ekologiya bilan bog'liq muammolarni hal etishda ham aynan erkinlik va liberal tamoyillar inobatga olinishi kerakligi qayd etiladi.

Bayden fikricha, Xitoyga zarba berishning eng ma'qul yo'li - erkin dunyoning unga qarshi bir ovozdan gapirishi va ish tutishi.

Xitoyning bevosita bosimi ostida yashayotgan mamlakatlar, xususan Osiyo va Tinch okeani hududidagi o'lkalar, Baydendan dadil qadamlar kutmoqda. Xalqaro suvlardan Xitoyni uzoqlashtirish, Xitoy-Hindiston orasidagi tanglik, Gonkongdagi demokratik harakat, Tayvan maqomi va boshqa masalalarda ham Oq uy pozitsiyasi keskinlashishi kutilmoqda.

Fudan universiteti olimi Shen Dingli nazarida Bayden Obama davridagi yondashuvlarga qaytishi mumkin. Prezident Barak Obama ham Pekinni chekintirish uchun xalqaro hamjamiyat bir yoqadan bosh chiqarishi kerak, der edi. Xalqaro tashkilotlar siyosiy raqobat maydoniga aylanadi, deydi mutaxassis.

Shen fikricha Baydenga Tramp davrida yo'lga qo'yilgan siyosatni o'zgartirish oson kechmaydi. Aslida har ikkisi Xitoyga tahdid sifatida qaraydi, shu bois ham xavfsizlik bobida sezilarli yangiliklar bo'lmasligi mumkin, deydi ekspert.


Pekin Amerikada rahbariyat o'zgarayotganiga bosiqlik bilan qarab, Baydenni prezidentlikka saylangani bilan tabriklamagan.

Xitoy Tramp davrida ham uyg'urlarni va Gonkong ahlini ezdi, bunday keyin ham repressiyani davom ettiradi, agar keskinroq choralar bilan yuzlashmasa, deydi huquq faollari. Kongress uyg'urlarni himoya qiluvchi qonun qabul qilgani va Pekinga qator sanksiyalar joriy etilgani yaxshi, deya qo'shadi ular, ammo bu bilangina cheklanmaslik kerak.

Xitoy davlat matbuotiga ko'ra, Bayden prezidentlikka kelishi umid uyg'otadi, chunki bu arbob kommunist tuzumni haqiqatdan ham yaxshi biladi.

"Global Times", Xitoy rasmiy gazetasi, Baydenni Xitoyning eski do'sti deb atagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG