Breaking News

"G’alayon ortida turgan davlat nomini Toshkent ochiq aytishi kerak"


Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog’istondagi noroziliklar tashqi kuchlar tomonidan uzoq yillar tayyorlangan hududiy tajovuz ekanligini aytdi. Prezident bu tashqi kuchlarning kimligi, kelib chiqishi, qaysi davlatga daxldorligi haqida hech narsa demadi. Gap Rossiya, Qozog’iston yoki G’arb haqidami, bu noma’lum.

Qoraqalpog’istonni qo’zg’atgan tashqi kuchlar ildizi qayerda?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:36 0:00

“Amerika Ovozi” gaplashgan norasmiy doiralar ham norozilik ortida tashqi ta’sir turganiga, xususan, Rossiya o’rniga diqqat qaratishgan edi.

Rossiya yetakchiligidagi harbiy ittifoq, Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXShT) tomonidan Nukusdagi noroziliklar chet el fuqarolari ishtirokida amalga oshgani haqida qilingan bayonot tashqi kuchlar borasidagi mulohazalarni yanada chigallashtiradi.

Noroziliklardan bir haftadan ko’p vaqt o’tdi. Prokuratura surishtiruv boshlagan. Hukumat, shaxsan Prezident Mirziyoyev Qoraqalpog’istonda xorijdagi kuchlar yordamida O’zbekiston hududiy yaxlitligiga tajovuz uyushtirildi, degan ishonchda.

Mirziyoyev bilan muloqotda bo’lgan xorijliklarning aksariyati Qoraqalpog’istonda hukumat joriy etgan choralarni qo’llab-quvvatladi.

Bu yetakchilar orasida O’zbekiston hududiy tajovuzga aloqador ko’rayotgan davlat rahbarlari borligi katta ehtimol.

Mirziyoyev bu xorij kuchlari qaysi davlatga tegishli ekanligini yaxshi biladi, ammo buni ochiqlayotgani yo’q.

Mustaqil tahlilchilar Qoraqalpog’istondagi noroziliklar ortida kim turganini, vaziyatni barqarorlashtirishga KXShT yoki Tojikistonda joylashgan Rossiya harbiylari kiritilishi rejalangani haqidagi farazlarni ham ochiq aytishmoqda.

Mustaqil jurnalist Yusuf Ro’zimurodov Qoraqalpog’istondagi noroziliklar, xususan, ayrimchalik harakati ortida Rossiya turganiga shubha qilmayotgan faollardan biri.

Uning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, norozilik Vladimir Putinning Tojikistondagi muloqoti ortidan avj oldi. Uning fikricha, Qoraqalpog’istonda ayrimachilar hokimiyati o’rnatilgan taqdirda, vaziyatni nazorat qilish uchun aynan Tojikistondagi Rossiya harbiy bazasi jalb qilinishi rejalangan edi.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG