Breaking News

Vashington demokratiya targ’iboti uchun yana millionlab dollar ajratadi


AQShdan demokratiya targ’iboti uchun yana 690 million dollar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:59 0:00

AQSh mezbonlik qilgan Demokratiya sammitida 100 ga yaqin davlat qatnashib, erkinlik va adolatni himoya qilish bo’yicha deklaratsiya qabul qildi. Amerika global demokratiya targ’iboti uchun yana millionlab dollar ajratmoqda.

Dunyo bo’ylab demokratik qadriyatlar, qonun ustuvorligi va inson huquqlari tobora xavf ostida, deydi Bosh kotibi Antoniu Guterrish. Demokratiya sammitida liberal qadriyatlarga tayangan xalqaro tizim bosim ostida ekani muhokama qilindi.

“Fuqarolik jamiyati uchun maydon torayib borayapti. Konstitutsion huquq va erkinliklar, so’z erkinligi cheklanmoqda”, - deydi BMT rahbari.

Guterrish davlatlarni ishonchni tiklash va tengsizlikni bartaraf etishga chaqirar ekan, AQSh demokratiya targ’ibotiga oid dasturlarga qo’shimcha mablag’ ajratishini e’lon qildi.

“Demokratik yangilanish dasturlariga kelasi ikki yilda qo’shimcha 690 million dollar ajratamiz. Bundan tashqari, kelasi uch yil davomida Kongress bilan ishlab, demokratiyani targ’ib qilishga qaratilgan sa’y-harakatlarimiz uchun 9,5 milliard dollar so’raymiz”, - deydi Prezident Jo Bayden.

Unga ko’ra, texnologiyalarga alohida e’tibor qaratiladi.

“Dunyo bo’ylab dissidentlar, faollar va jurnalistlarni nishonga olish uchun qo’llangan tijoriy josuslik dasturlaridan AQSh hukumati foydalanishini taqiqlovchi farmon imzoladim”, - deydi Bayden.

Ukraina Mudofaa vazirligi yaqinda Germaniya jo’natgan jangovar mashinalar videosini taqdim etdi. Sammitda virtual tarzda qatnashgan Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiyning aytishicha, dunyo Rossiya bosqiniga qarshi uning mamlakatini qo’llab-quvvatlashi o’ta muhim.

“Rossiya barchangiz bilan, demokratik davlatlar bilan anchadan buyon urushda. U dezinformatsiya, saylovlarga aralashish, josuslik, korrupsiya, tovlamachilik va kiber jinoyatlar orqali ham urush olib boradi”, - deydi Zelenskiy.

U yana bir bor Ukraina urushda g’alaba qilishi uchun qurol berishga undadi.

Moskvada esa Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov eronlik hamkasbi Husayn Amirabdullahiyon bilan uchrashib, Tehronning vositachililk rolini muhokama qilgan.

“Ukrainani muhokama qildik. Janglarni to’xtatishga yordam beradigan har qanday tashabbusni qo’llab-quvvatlaymiz”, - deydi Eron vaziri.

Ukrainaning Zaporojye atom elektrostansiyasiga tashrif buyurgan Atom energiyasi bo’yicha xalqaro agentlik rahbari Rafael Grossi Kiyev va Moskvani muzokara stoliga o’tirishga undamoqda.

Demokratiya sammiti qanday kechdi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:14:11 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG