Breaking News

Amerikalik tadbirkor ukrainalik qochqinlar uchun uylar qurib bermoqda


Amerikalik filantrop boshpanasiz ukrainlar uchun uylar qurmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:02 0:00

Amerikalik filantrop Dell Loy Xansen Ukrainada urush tufayli boshpanasiz qolgan aholiga yangi uy-joylar qurib bermoqda. Uning moliyaviy yordamni bilan Kiyev viloyatida butun boshli yangi bir qishloq bunyod etilyapti. Shu kungacha qurilish ishlari uchun u 70 million dollardan ortiq mablag’ sarfladi.

Sakkiz yoshli Polina Xerson shahridan. Urush tufayli oilasi bilan uyini tark etgan. Bu uning Kiyev viloyatidagi yangi uyi.

"U yerda uchta mushugimiz va bir itimiz bor edi, o’z xonam bor edi, o'yinchoqlarim ko’p edi”, - deydi Polina.

Protaslar oilasi 2022-yil aprel oyida urush tufayli uyini tark etgan. 2023-yilda esa Kaxovka to‘g‘oni portlatilgch, suv toshqini oilaning uyini butunlay vayron qildi.

Onasi Marina Protas uyini tark etgan muojirlar uchun boshpana qurib berayotgan amerikalik filantrop Dell Loy Xansen haqida eshitadi.

“Ukrainada urush boshlanganini ko‘rganimda, yana bir genotsid boshlanganini angladim. Jimgina qarab tura olmadim. Xotinimga “Ukrainaga borishim kerak” dedim, “Nega?” deb so’radi, “Yordam berishim kerak” dedim”, - deydi Xansen.

Xansen ichki ko'chirilganlar uchun boshpana kerakligini angladi. 2022-yildan beri Ukrainada qochqinlarga uy-joy qurish uchun 70 million dollardan ortiq mablag‘ ajratdi.

Qurilish ishlari 2023-yil kuzida boshlandi. Uy-joylar Kiyev viloyatining Tarasovka qishlog‘ida qurilmoqda. Hozirda bu yerda 250 dan ortiq oila istiqomat qiladi.

“Qishloqlar qurishga qaror qildim. Quruvchiman, qanday qurishni bilaman”, - deydi u.

Qrim-tatar Zemfira 2023-yil oktabr oyida nogiron eri hamda qaynonasi Rozali bilan Xerson viloyatidagi uyini tark etdi. Ular ham hozir shu qishloqdan uy olgan. O’g’li ham yaqinda keldi.

“O'zimni juda baxtli his qilyapman. Oxir-oqibat hammasi yaxshi bo'lishini bilardik. Buni barchasini tashkil etgan odamlar aqlli va mehribon!”, - deydi Rozali.

Xansen qishloqda, shuningdek, 700 o‘quvchiga mo‘ljallangan katta maktab, 70 o‘rinli bolalar bog‘chasi hamda kutubxona qurishni rejalashtirgan.

“10 ming ukrainalik uchun uy qurmoqchiman. Men quvonch izlayman, pul emas. Bu odamlarni ko’rganimada, xursand bo’laman. Pul meni xursand qilmaydi, lekin odamlarga yordam berish va ularga qishloqlar qurish menga zavq beradi", - deydi Xansen.

Xansen, shuningdek, Kiyev viloyatidagi 250 ga yaqin kvartirani ko'chirilganlar uchun ta’mirlamoqda. Hukumatning hujumga uchragan uylarni ta’mirlashga qaratilgan “E-Renovation” davlat dasturini amalga oshirishga moliyaviy yordam bermoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG