Pokiston razvedka rasmiylarining aytishicha, Janubiy Vaziristonda o’zbek jangarilari sardori, O’zbekiston Islom Harakati rahbari Tohir Yo’ldosh halok bo’lgan bo’lishi mumkin.
Avgust oyida AQSh harbiy samolyotlari mintaqani o’qqa tutgan, Tohir Yo’ldosh hujum paytida jarohat olib, ko’p o’tmay jon bergan, deydi Pokiston razvedka xodimlari.
Xabar tasdiqlansa, bu mintaqadagi jangarilarga kuchli zarba berishi, armiya ustunlikni qo’lga kiritishi mumkin.
Tohir Yo'ldosh Al-Qoida va Tolibon bilan yaqin hamkor bo’lib, O’zbekiston, Afg’oniston va Pokistonda qo’poruvchilik harakatlarida faol qatnashgan.
AQSh rasmiylarining aytishicha, Al-Qoida va Tolibon yetakchilari Pokiston-Afg’oniston chegarasida panoh topgan, xususan toliblar rahbari Mulla Umar Balujistonda ekani aytiladi.
Pokiston Ichki ishlar vaziri bu da’voni asossiz deya, Vashingtonda qanday dalil, axborot bo’lsa, Islomobod bilan maslahat qilishi kerak, demoqda. So’ng Pokiston armiyasi zaruru chora ko’radi, deydi Rahmon Malik.