Breaking News

Ozarbayjonda jurnalistlar va OAV uchun yangicha registratsiya


Boku ko'chalarida, 26-sentabr, 2022
Boku ko'chalarida, 26-sentabr, 2022

Ozarbayjonda Prezident Ilhom Aliyev bu hafta matbuot va jurnalistlar uchun yangicha ro'yxatdan o'tish tartibini joriy etdi. Bu - ommaviy axborot vositalarini ezishning yangicha yo'li, deya baholamoqda mutaxassislar.

Endilikda akkreditatsiyadan o'tgan media xodimlarga imtiyozlar beriladi va ular uchun rasmiy idoralarning eshigi ochiladi. Oldin har biriga kirish uchun alohida ro'yxatdan o'tilar edi.

Biroq yangicha registratsiya talablari keskin, deydi jurnalistlar, o'ta olmaslik ehtimoli yuqoti. Bu ro'yxat qanchalik ochiq va adolatli bo'ladi, bu ham gumon ostida.

Media taraqqiyot agentligi jarayonni boshqaradi. Bu organ axborot vositalari faoliyatini nazorat qiladi. Hozirda esa jurnalistlarga sertifikat va litsenziya berish ham uning zimmasida.

Ozarbayjon parlamentida Inson huquqlari qo'mitasi raisi Zohid Oruj deydiki, yangi tartib mamlakatda matbuot erkinligini kengaytiradi va mustaqil media yo'liga biror to'siq qo'ymaydi.

Yevropa Ittifoqi Ozarbayjonni matbuot erkinligini hurmat qilisga undab keladi. Biroq yangi tartib mamlakatda jurnalistikani yanada cheklaydi.
Yevropa Ittifoqi Ozarbayjonni matbuot erkinligini hurmat qilisga undab keladi. Biroq yangi tartib mamlakatda jurnalistikani yanada cheklaydi.

Jurnalistslar nazarida esa aksincha, hukumat kimni professional yoki professional emas deb tamg'alas vakolatiga ega bo'lmasligi kerak. Yangi ro'yxatdan hukumatparastlar o'rin oladi va tanqidchilarga hujjat bermay, tizim ularni jazolashga bel bog'lagan.

Xalqaro huquq tashkilotlarining xavotiri shuki, rasman tan olinmagan muxbirlarni qoralash endi yanada osonlashib, litsenziyasi yo'qligi uchun ularni sazoyi qilish amaliyoti kengayadi. Kim rasman jurnalist, kim rasmiy manba yoki noqonuniy degan tamg'alar bosish odat tusiga kirib, media makondagi vaziyat yanada murakkablashadi.

Mustaqil "Turon" axborot agentligi rahbari Mehmon Aliyev tahlilicha, Ozarbayjonda OAV allaqachon qattiq bosim ostida ishlaydi, axborot olish azaldan juda qiyin.

"Buni osonlashtirish o'rniga rahbariyat jurnalistlar va matbuot uchun ko'proq cheklovlar qo'ymoqda", - deydi Aliyev.

“Hukumatning maqsadi - yangi media paydo bo'lishiga yo'l qo'ymaslik va borlarini o'ziga yanada bo'ysundurish".

Hozirda Ozarbayjonda biror jurnalist litsenziyasiz axborot olishi mumkin emas.

Bokuda jurnalistlar yangi qonun loyihalariga qarshi namoyish qilmoqda, 28-dekabr, 2022
Bokuda jurnalistlar yangi qonun loyihalariga qarshi namoyish qilmoqda, 28-dekabr, 2022

Media erkinligi bo'yicha ekspert Alasgar Mammadli fikricha, mustaqil jurnalistikaga bolta urilmoqda.

“Yangicha registratsiya matbuot erkinligi endi yo'q demakdir".

Mammadli deydiki, hukumat jurnalistlarga litsenziya berishni yo'lga qo'yishi fundamental huquq va normalarga ziddir. Bosh qomus chetga uloqtirilmoqda, xalqaro konvensiyalarga ko'z yumilmoqda, deydi u.

“Konstitutsiyaga binoan, har kimsa axborot olish huquqiga ega. Jurnalist bo'lishingiz shart emas, hukumat sizni tan olgan bo'lishi shart emas. Ozarbayjon hukumati qonunlarni qo'pol tarzda buzmoqda", - deydi ekspert.

Mutasaddilar esa buning aksini aytadi. Litsenziyasiz jurnalistlar ishlashi noqonuniy emas, deydi deputat Zohid Oruj.

“Ro'yxatdan o'tish sizga imtiyozlar beradi, imkoniyatingizni oshiradi", - deya tushuntiradi u.

Ozarbayjonda deyarli barcha media hukumatning mutlaq nazorati ostida. Tizimga bo'ysunmagan tashkilotlar axborot to'plashga qiynaladi va ular uchun rasmiy idoralar yopiq yoki ularning tazyig'i ostida.

Jahon matbuot erkinligi reytinglarida Ozarbayjon 180 davlat orasida 154-o'rinda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG