"Iroq va Shom islomiy davlati" sunniy guruhi jangarilari Iroqda Tal Afar shahrini ham qo'lga kiritib, o'z nazorati ostidagi hududlarni yanada kengaytirdi. Ularga qarshi kurashish uchun shia aholi qo'liga qurol olib, armiya safiga yozilmoqda. Mazhablararo ziddiyat kuchli bo'lgan mamlakatda vaziyat yanada keskinlashgan, fuqarolar urushi kelib chiqishi mumkin.
Iroq fuqarolar urushi yoqasida
- Amerika Ovozi

9
Kurdiston viloyatining Arbil shahri yaqinida mosullik qochoqlar uchun tikilgan lagerdagi bolalar, 14-iyun, 2014-yil.

10
"Iroq va Shom islomiy davlati" guruhi jangarilariga qarshi kurashish uchun armiyaga qo'shilgan iroqliklar harbiy mashinalarda Bag'dodni tark etmoqda, 13-iyun, 2014-yil.

11
"Iroq va Shom islomiy davlati" guruhiga qarshi kurashish uchun armiyaga qo'shilgan iroqliklar jangarilarga qarshi namoyish o'tkazmoqda, 13-iyun, 2014-yil.

12
Kurdiston avtonom viloyati xavfsizlik kuchlari Diyala shahri yaqinida jangarilarga qarshi o't ochmoqda, 14-iyun, 2014-yil.