Breaking News

Tuzumga tajovuz qilganlikda ayblanganlar ilk bor oqlandi


Bobomurod Abdullayev (o'rtada) oilasi va do'stlari bilan
Bobomurod Abdullayev (o'rtada) oilasi va do'stlari bilan

O'zbekistonda jurnalist Bobomurod Abdullayev sud zalidan jarima bilan ozod etildi, yana uch sudlanuvchi aybsiz topildi. Toshkent shahar sudi hokimiyatni kuch bilan egallashga urinishda ayblangan jurnalistlar ishi yuzasidan mahkamani tugatgan.

Jurnalist Abdullayev: Ozod etilganim islohotlardan darak
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:01 0:00

Mamlakat tarixida ilk bor sud ochiq va adolatli o’tgani ta’kidlanmoqda. Yarim yildan oshiq hibsda saqlangan Abdullayev o’z ozodligini Prezident Shavkat Mirziyoyev o’tkazayotgan liberallashtirish siyosati bilan bog’lagan.

Bobomurod Abdullayevga uch yillik axloq tuzatish ishlari jazo sifatida belgilangan bo'lsa-da, uning 221 kun hibsda saqlangani bu muddatdan chiqarib tashlanadi. Bir yil va ikki oy davomida u ish haqining 20 foizini davlatga o'tkazib turadi. Bloger Hayotxon Nasriddinov hamda tadbirkorlar Ravshvanbek Salayev va Shavkat Olloyorovlar esa sud zalidan ozod qilingan.

Sudya Zafar Nurmatov raisligida o'tgan mahkama va yakuniy hukm sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlardan darak o’laroq qabul qilinmoqda.

Toshkentda jurnalistlar ozod etildi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:08 0:00

O’zbekistonda ilk bor siyosiy mahkama haqiqatda ochiq o’tdi, sud ayblanuvchilarning qiynoqlarga oid da’vosini qanoatlantirdi, tibbiy ekspertiza o’tkazildi, qolaversa birinchi marta konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilishda ayblanganlar oqlandi.

Ushbu mahkama yangi hokimiyat davridagi ilki siyosiy ish ekanligi bilan ham diqqatli.

Sobiq Milliy Xavfsizlik Xizmati (MXX) tomonidan tayyorlangan bu ayblov jurnalistlarni o’zbek muxolifati yetakchisi Muhammd Solih bilan kelishgan holda mamlakatda davlat to’ntarishi uyushtirishda, buning uchun “O’rim” deb nomlangan maxsus amaliyot tayyorlashda ayblayotgan edi.

Abdullayev o’tgan yilning sentabr oyida MXX tomonidan hibsga olingan. Keyinchalik tadbirkorlar Ravshan Salayev, Shavkat Ollyorov va jurnalist Hayotxon Nasriddinovlar ham Bobomurod Abdullayev ishi bilan bog’liq holda MXX tomonidan hibsga olingan edi.

Usmon Haqnazar taxallusi ostida maqolalar yozgan Abdullayev doxil bu guruh Muhammad Solihningko’rsatmalarini bajarishda, hokimiyatni kuch bilan egallash rejasini tuzishda ayblandi.

Shu yilning mart oyida mahkamaga oshirilgan bu ish salkam ikki oydirki jamoatchilik diqqat markazida turdi. Sud ochiq, adolatli o’tayotgani, ayniqsa sudlanuvchilarning qiynoqlar haqidagi da’volari inobatga olingani olqishlandi.
Jurnalistlarning sud zalidan ozodlikka chiqarilishi ham sud zalida yig’ilgan faollar tomonidan olqishlar bilan kutib olingan.

Sharhlovchilar nazarida mahalliy faollar, shuningdek, xalqaro huquq tashkilotlari orasida jiddiy tashvish uyg’otgan bu ish xolis ko’rib chiqilishi jurnalistlar ishining bevosita Prezident Mirziyoyevning nazoratida turgani, uning AQShga kutilayotgan safari bilan ham bog’liq.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG