Breaking News

Trampning qamalish ehtimoli qanday?


Nyu-Yorkda sud hay’ati Donald Trampni unga qo’yilgan barcha punktlar bo’yicha aybdor deb topishi ketidan kelasi oy sudya AQSh sobiq prezidentini qamoqqa olishni buyurishi mumkin.

Xalqaro hayot - 7-iyun, 2024-yil - Yevroparlamentga saylov. Trampning qamalish ehtimoli
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:40 0:00


2016-yilda prezidentlikka nomzod bo’lgan Tramp saylovdan oldin uning sha’niga dog’ tushiruvchi ma’lumot oshkor bo’lishining oldini olish uchun kompaniyasining moliyaviy hujjatlarini soxtalashtirganlikda ayblanmoqda.

Tramp ozodlikdan mahrum etilgan taqdirda ham saylov kampaniyasini davom ettirishi mumkin. Biroq sobiq federal prokuror Stiven Koen Trampning hali-beri qamalishiga ishonmaydi.

“Suddan keyin apellyatsiya bo’ladi, uni ko’rib chiqishga oylab, hatto bir yildan ortiq vaqt ketishi mumkin. Bu esa boshida siyosiy dramaning kuchayishiga sabab bo’ladi”, - deydi u.

Sud Tramp ishi bo’yicha hukmni 11-iyul kuni e’lon qiladi. Huquqshunos ekspertlar Trampga qattiq jazo belgilanishiga ishonmaydi.

“Uning yoshini, oldin jinoiy ishlar bo’yicha sudlanmaganini hisobga olishadi”, - deydi advokat Jozef Talli.

Biroq boshqa mutaxassislar sudya Trampga hukm o’qishda uning sobiq advokati Maykl Koenning bu ish bo’yicha qamoq muddatini o’taganiga qarashini aytadi.

"Kamdan-kam hollarda pastdagi odamlar fitna bo’yicha qamoq jazosiga mahkum etiladi, Tramp esa ushbu jinoiy fitnaning tepasida turgan. Maykl Koen qamoqda ikki yildan oshiq vaqt o’tkazdi. Demak Trampni qamash uchun sudyada jiddiy pretsedent bor”, - deydi Jorjtaun universitetida huquqshunos professor Abbe Smit.

Qamoq muddatidan tashqari Trampga sinov muddati, uy qamog’i yoki jarima belgilanishi mumkin. Yakuniy hukm apellyatsiya jarayonidan so’ng chiqariladi, bungacha esa saylov o’tib bo’lgan bo’ladi.

Bu ishdan tashqari Trampni boshqa, jiddiyroq ayblovlar bo’yicha yana uchta sud jarayoni kutmoqda.

Sobiq prokuror Prit Bxararaning taxmin qilishicha, hozirgi ish bo’yicha hukm boshqa sud ishlari bo’yicha hukmlarga ham ta’sir qilishi mumkin.

“Chunki shunda Trampda jinoiy ish bo’yicha sudlanganlik paydo bo’ladi. Bu esa kelajak hukmlarni chiqarishda albatta hisobga olinadi”, - deydi u

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG