Mo'tabar Tojiboyeva - qamoqdagi -majburiy sterilizatsiya-qissasi
Your browser doesn’t support HTML5
Bepusht qilingan ayollar ham dardini ichiga yutishni ma’qul ko’radi. Bu masalada azaldan ochiq gapirib, shaxsan o’zi uchun ham adolat talab qilib kelayotgan Mo’tabar Tojiboyevaga quloq tutdik. 2005-yilning may oyidagi Andijon voqealari ketidan hukumatni keskin tanqid ostiga olgan huquq faoli noqonuniy tashkilotga a’zolik va tuzumni haqorat qilganlikda aybdor deb topilib, 2006-yilda sakkiz yillik qamoqqa hukm qilingan. 2008-yilning yozida G’arb bosimi bilan ozodlikka chiqarilgan va hozirda Yevropada yashaydi. 2008-yilning yanvar-fevral oylaridagi sterilizatsiya va operatsiyalar haqida hikoya qilar ekan, Tojiboyeva “bu qiynoqning bir usuli edi, maqsad mening ovozimni o’chirish, ruhimni o’ldirish va faoliyatimga nuqta qo’yish edi”, - deydi.