Olima va shoira Dilsora Fozilova siyosat, din, jamiyat va ayollar xususida "Amerika Ovozi" bilan suhbatlashar ekan, e'tiborni tahliliy fikrlash va muvozanatli yondashuvga qaratdi.
Your browser doesn’t support HTML5
Dilsora Komil taxallusi bilan ijod qiluvchi bu o'zbekistonlik ancha yillardan beri Kanadada yashaydi. O’zbekistondagi ilmiy va professional doiralar bilan hamkorlik qiladi.
Suhbatdosh deydiki, xorijda yurgan o'zbekistonliklar konstruktiv munosabat bilangina vatandagi ijobiy jarayonlarga hissa qo'sha oladi. O'zbekistonda esa qilinishi kerak bo'lgan ishlar cheksiz, deydi u.
Muammolarni hal etish uchun, real o'zgarish qilish uchun tanqidiy fikrlashga yo'l berish kerak; xatolarni ochiq aytib, ularga yechim taklif qilish har qachongidan ham muhim, deydi Dilsora Fozilova.
Uning fikricha, o'zbekistonlik ziyoli xotin-qizlar dunyoning qayerida bo'lmasin o'z qarashlarini bayon etib, dolzarb masalalar yuzasidan sukut saqlamasligi kerak.
Islom, deydi Dilsora Fozilova, O'zbekiston jamiyatida hamisha jiddiy omil bo'lib qoladi. Dunyoviy tuzum kelajagi, deydi u, din va siyosiy boshqaruv orasidagi muvozanatli munosabatlarga bog'liq.
Uning o'zi hozir nimalar bilan mashg'ul?
Qachondan beri immigrant va vatandan nima sabab chiqib ketgan?
Ilmiy izlanishlari nima mavzuda? Doktorlik ishini nima uchun din va dunyoviylik xususida yozmoqda?
Xotin-qizlarni faollikka undab kelayotgan Dilsora Fozilova bugungi vaziyatni qanday ko'radi?
Intellektual ayollarni birlashtirishga bel bog'lagan bu ziyoli nimalarni ko'zlamoqda?
Suhbatda Dilsora Komilning 2017-yilda nashrdan chiqqan "Qoyadagi qiz" kitobidagi satrlarga ham nazar tashladik.
Tomosha qiling: