Breaking News

"Usmon Haqnazarov": Yomonlar yomonligini qila olmaydigan tizim kerak


Bobomurod Abdullayev 2017-yilning sentabridan 2018-yilning mayigacha panjara ortida edi, tuzumga qarshi jinoyatlarda ayblanib.
Bobomurod Abdullayev 2017-yilning sentabridan 2018-yilning mayigacha panjara ortida edi, tuzumga qarshi jinoyatlarda ayblanib.

Usmon Haqnazarov esingizdami? Islom Karimov rahbarligidagi O'zbekistonda siyosiy-maxfiy qilmishlar haqida turkum maqolalar muallifi Usmon Haqnazarov aslida jurnalist Bobomurod Abdullayev edi. 2003-yilning yanvaridan 2017-yilning sentabrigacha u shu taxallus ostida materiallar bergan. Keyin esa qamoqqa olindi. Qiynoqqa solindi. Lekin sud ishi ochiq o'tdi. Bobomurod Abdullayev hibsga olinganidan yetti oy o'tib, shartli ravishda ozod etildi. Jurnalist yaqinda Amerika Ovozi Navbahor Imamova bilan Toshkentda muloqot qildi.

Toshkentdan maxsus: Bobomurod Abdullayev/Usmon Haqnazarov
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:53:47 0:00

Usmon Haqnazarovning maqolalari haqiqatni aks ettirgan, deydi Bobomurod Abdullayev, qamoqda ko'rgan va eshitganlarini hikoya qilar ekan.
Usmon Haqnazarovning maqolalari haqiqatni aks ettirgan, deydi Bobomurod Abdullayev, qamoqda ko'rgan va eshitganlarini hikoya qilar ekan.

Bobomurod Abdullayev hozirda Toshkentda oyna zavodida ishlaydi, marketolog lavozimida. Topganining 20 foizi davlatga o'tadi. Jurnalist sifatida ishlashni xohlar edi, lekin materiallari uchun tuzumga qarshi jinoyatlarda ayblanib sudlangan mutaxassisga eshik ochadigan axborot vositasi bormikan?

Abdullayev iqtisod sohasida ham oliy ma'lumotga ega. Sport sharhlovchisi bo'lgan, blogerlik qilgan. Shuningdek, ovozi bor, kuylaydi.

"Lekin hozirgi asosiy vazifam - ishlash va oilamga qarash", - deydi suhbatdosh.

Toshkent yuragidagi parklardan birida o'tirib muloqot qilar ekanmiz, tilga olinmagan mavzu qolmadi.

Bobomurod Abdullayev o'tgan yili shu paytda qayerda edi?

Nega Usmon Haqnazarov bo'ldi? Taxallus qayerdan va ilk maqola qachon chiqqan? Oxirgisi-chi? Nima haqda edi?

Milliy xavfsizlik xizmati qo'lida nimalarni boshdan kechirdi?

Qiynoqlar... Kim uni qiynadi va nima talab qildi?

Panjara ortida nimalarni o'rgandi? Azobga qanday dosh berdi?

Sudi nega ochiq o'tdi? Nega ozod etildi? Nega prezidentga rahmat aytdi?

Hibs va suddan keyingi hayoti qanday kechmoqda? Hali ham biror bosim sezadimi?

Bugun ham siyosiy-maxfiy qilmishlar haqida yozgan bo'lardimi?

Mentalitet agar xalqni taraqqiyotdan saqlasa, bu mentalitetdan voz kechish kerak, deydi Bobomurod Abdullayev
Mentalitet agar xalqni taraqqiyotdan saqlasa, bu mentalitetdan voz kechish kerak, deydi Bobomurod Abdullayev

Bobomurod Abdullayev islohotlarga ishonadimi?

Islohotchilar, uning nazarida, kimlar?

Bugungi O'zbekiston nimadan xavfsirashi kerak? Kim unga nega tahdid solishi mumkin?

Hozirgi o'zbek jurnalistikasini u qanday baholaydi?

Mamlakatga xorijiy axborot manbalari kerakmi?

Tanqid nega kerak? Muxolifat nima uchun zarur?

Davlat va jamiyat rivojini qay omillar belgilaydi?

Shuningek, hukmron mentalitet, o'y-qarashlar hamda davlat rahbariga nisbatan munosabat.

Intervyuni tomosha qilib, bu savollarning barchasiga javob olasiz.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

Facebook Forum

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG