Ustiga qaynoq suv quyilsa ham qo'yilgan aybga iqror bo'lmagan A'zam Turg'unov qariyb 10 yil qamoqda o'tirdi. Jasliqdan tortib Navoiygacha... qayerda qanday zona borligi va u yerdagi real vaziyatni bu sobiq siyosiy mahbus yaxshi biladi. Qamoqxonalarda biror tub o'zgarish bo'lganiga u ishonmaydi. Ikki yil oldin ozodlikka chiqqan huquq himoyachisi yangi tashkilot ochmoqchi, boshqa sobiq mahbuslar bilan hamkorlikda. Adliya vazirligiga qilgan murojaati ikki bor qaytarildi. Uchinchi bor o'tarmikan? O'zbekiston qonun ustuvor va adolatli jamiyatga aylanishi uchun u va boshqa faollar qanday hissa qo'sha oladi? Shuningdek, uning adolat talabi nimadan iborat? A'zam Turg'unov bilan Toshkentdagi xonadonida suhbatlashdik.
Your browser doesn’t support HTML5
Suhbatda muhokama qilingan mavzular:
- Oqlanishni istaysiz. Tuzum adolatsiz deb turib, nega undan adolat talab qilayapsiz? Arzingiz qondirilishiga nima uchun ishonayapsiz?
- Sobiq mahbuslarning reabilitatsiyasi masalasi... Hukumat bilan bu borada qanday murosa qilish mumkin?
- Yangi tashkilot ochishdan maqsad nima?
- Adliya vazirligidan hozirgacha registratsiya yuzasidan qanday javoblar oldingiz?
- O'zbekistonda huquq uchun kurashayapman deya maydonga chiqqanlar nega bu qadar tarqoq?
- Faollarni birlashtirish uchun nima qilish mumkin? Xorij va vatandagilar bir-biri bilan til topishishga urinyaptimi?
- A'zam Turg'unov va uning safdoshlarining adolat talabi nimadan iborat?
- O'zbekistondagi bugungi vaziyat haqida faol nima deydi?
- Prezident Mirziyoyev siyosatiga u qanday baho beradi?
- Huquq bilan bog'liq ahvolni yaxshilash uchun hukumat qanday qadamlar tashlashi kerak?
- A'zam Turg'unov singari faollarni kurashga chorlaydigan omillar nima?
Tafsilotlar (yuqoridagi) TV suhbatda.