17-20 avgust kunlari AQShda Demokratik partiya saylovoldi qurultoyini o'tkazmoqda. Tadbir Miluoki shahrida o'tayotgan bo'lsa-da, asosan virtual tarzda kechmoqda, ya'ni partiya a'zolari onlayn muloqotda.
Donald Tramp prezidentlikka qayta saylanmasligi kerak va har bir amerikalikning ovozi bebaho, deya undadi bugungi mashhur notiqlar. Jumladan, prezidentlikka sobiq da'vogar, senator Berni Sanders, shuningdek, sobiq respublikachi Jon Keysik va sobiq prezident Barak Obamaning rafiqasi Mishel Obama.
Demokratlardan prezidentlikka nomzod Jo Bayden qurultoyni ona shtati Delaverdan kuzatmoqda. 20-avgust kuni u va vitse-prezidentlikka nomzod Kamala Harris ham so'zlaydi.
Saylov 3-noyabrda. Respublikachilarning qurultoyi keyingi hafta.
Your browser doesn’t support HTML5
Your browser doesn’t support HTML5
Your browser doesn’t support HTML5