Jo Bayden ma'muriyatida ko'plab yuqori lavozimlarni xotin-qizlar egallaydi. Vazirliklardan tortib agentliklar va strategik ahamiyatga ega idoralar boshqaruvi ayollarga topshiriladi. Baydenga ko'ra, uning prezidentligi Amerikada gender bo'yicha tarixiy o'zgarishlar davri bo'ladi.
Baydenning prezidentlikka saylanishida ham xotin-qizlarning hissasi katta. Ayol saylovchilarning 57 foizi unga ovoz bergan, 42 foizi esa amaldagi rahbar Donald Trampga.
Bayden o'z ma'muriyatini shakllantirar ekan, ayol nomzodlar soni erkaklarniki bilan deyarli teng.
Your browser doesn’t support HTML5
"Mening komandamda tarjiba va yutuqlari bo'yicha ajralib turadiganlar ko'p. Biroq bir narsani tan olishimiz kerak: eskicha yondashuv va siyosat endi o'tmaydi. Masalan, razvedka tizimini boshqarishni ayol mutaxassisga topshiramiz", - deydi bo'lajak prezident.
Buni ham ko'ring Bayden iqtisod va moliya boshqaruviga kimlarni tanladi?Senat ma'qullasa, Avril Heynz AQSh Milliy razvedka idorasidek yirik organga rahbar bo'ladi.
Moliya vaziri, BMTdagi elchi, Byudjet boshqaruvi idorasi direktori, Oq uyda Iqtisodiy kengash raisi - Bayden bu lavozimlarga ayollarni ko'rsatgan.
Oq uy axborot xizmati ham butkul ayollarga topshiriladi. Matbuot kotibi Jen Psaki bo'ladi.
Vitse-prezident Kamala Harris idorasini ham ayollar tebratishi kutilmoqda. Tina Flornoy vitse-prezidentning o'ng qo'li bo'lishga shaylanmoqda.
Bu ayollar kelib chiqishi va bosib o'tgan yo'llari jihatdan bir-biridan farq qiluvchi shaxslar. Ko'pi mehnatkashlarning va muhojirlarning farzandlari.
Buni ham ko'ring Bayden jahon sahnasida Amerika liderligini tiklamoqchiBayden iqriy va jinsiy tenglikni ta'minlash uchun qo'ldan kelgan barcha harakatni qilishga va'da bergan.
Sara Fleysh Fink, xotin-qizlar tashkiloti rahbari:
"Bizga nafaqat o'z ishining ustasi bo'lgan mutasaddilar kerak, balki ular xalq dardini tushunsin, kimga xizmat qilayotganini bilsin. Har bir qarorini puxta o'ylab qilsin. Amerika xalqi uchun qaror qiladigan insonlar bizdan uzoq bo'lgan odamlar bo'lsa, azobini omma tortadi. Ular jamiyat uchun qayg'uradigan insonlar bo'lsin, deymiz".
Bayden xotin-qizlar uchun iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirmoqchi, imtiyozlarni oshirmoqchi. Onalikni himoya qilmoqchi, dekret bilan bog'liq tartibni o'zgartirmoqchi. Oilaviy ta'til, bola tarbiyasi, salomatlik, zo'ravonlikka qarshi kurash, dunyo bo'ylab xotin-qizlar ravnaqi uchun hissa qo'shish borasida dasturlar tuzilgan.
Buni ham ko'ring Kamala Harris ko'p jihatdan birinchiPandemiyadan chiqishda ayollarning mehnati salmoqli.
Kelli Dittmar, siyosiy tahlilchi:
"Hozirgi manzaraga yaqindan qarasangiz, qora tanli ayol siyosatchilar koronavirusga qarshi kurashda jonbozlik ko'rsatayotganini ko'rasiz. Merlar, sog'liqni saqlash tizimini boshqarayotganlar va boshqa muhim lavozimdagilar, son jihatdan oz bo'lsa ham, aholi hayotida ijobiy rol o'ynamoqda. Ular jamoatchilik bilan samaraliroq ishlay olmoqda".
Har qanday dasturni amalga oshirish Kongress bilan kelishuv va uning tasdig'ini talab qiladi. Vakillar palatasida demokratlar, Senatda esa respublikachilar hukmron. Har ikkisida farqlar katta emas. Demak, murosaga yo'l ochiq.