Xitoy G’arb import qiladigan ayrim eng muhim xomashyo va minerallarning asosiy ta’minotchisiga aylangan. Bu Pekinning global ta’minot zanjiridagi maqveini mustahkamlaydi.
19-20 asrlarda, qazib olinadigan yoqilg’i, dunyo iqtisodiyotini va global siyosatni tebratgan. Ko’mir, neft va gaz zaxiralarining joylashuvi ittifoqlar tuzilishiga, shuningdek, urushlarga sabab bo’lgan.
21-asrni esa boshqa tabiiy resurlar shakllantiradi. Ko’pchilik nazdida bir mamlakat global bozorda hukmronlik o’rnatish harakatida.
Buni ham ko'ring Xitoy Afg'onistonning tabiiy boyliklariga ko'z tikdimi?Xitoy o’zining ulkan iqtisodiyotini G’arbga arzon ishchi kuchini ta’minlab berish va ishlab chiqarish orqali qurgan. So’nggi yillarda u yuqori texnologiyali asbob-uskunalar ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan, elektron qismlar uchun zarur minerallar ta’minoti ustidan nazorat o’rnatishga urinmoqda.
Masalan, dunyodagi kobalt zaxiralarining yarmi Kongoda joylashgan. Kobaltning 60 foizi shu davlatda qazib olinadi. Kumush rangli bu metall portativ qurilmalar va elektr mashinalardagi litiy-ionli batareyalar uchun, shuningdek, turbina va reaktiv dvigatellarda ishlatiladigan qotishmalar uchun zarur.
Oxirgi 20 yilda Xitoy Kongoda konchilik huquqini qo’lga kiritish evaziga infratuzilma qurib, katta sarmoya olib kirgan. Mamlakatdagi 18 kondan 10 tasida ulushga ega. Kobaltning yarmi shu konlarda qazib olinadi.
Yana bir muhim xomashyo bu - litiy. Dunyodagi zaxiralarning to’rtdan uch qismi Janubiy Amerikadagi uch mamlakatga to’g’ri keladi. Ular Litiy Uchburchagi deya nom olgan. Davlat banklarining qo’llab-quvvatlovi bilan Xitoy kompaniyalari Chilida litiy ishlab chiqarishning uchdan ikki qismini, Argentinada bu jabhada rejalangan loyihalarning 41 foizini qo’lga olgan. Boliviyada ham litiy qazish bo’yicha 2,3 milliard dollarlik bitim imzolagan.
Buni ham ko'ring AQSh-Xitoy yetakchilarining virtual sammitida nimalar muhokama qilindi?AQSh harbiylari Afg’onistondan chiqib ketiganidan keyin yana bir imkoniyat paydo bo’ldi. Bu davlat nafaqat litiy, balki oltin, mis va temir kabi muhim resurslarning ulkan zaxiralariga ega. Kelishuvlar faqatgina rivojlanayotgan mamlakatlar bilan emas. Litiy ishlab chiqarishda yetakchi Avstraliyada konchilik sohasidagi amaldagi loyihalarning aksariyatida Xitoy firmalari ishtirok etadi.
Xitoyning o’zi ham vanadiy kabi boshqa muhim minerallar zaxirasiga egalik qiladi. Ushbu metal batareyalar, elektromagnitlar va samolyotlar uchun qotishmalarda qo’llanadi. Xitoy, shuningdek, grafit ishlab chiqarishda yetakchi. Ushbu mineralning yengilligi va yuqori o’tkazuvchanligi uni elektrodlar va quyosh panellarining muhim tarkibiy qismiga aylantirgan.
Eng muhimi, Xitoy noyob yer elementlarining global miqyosda eng katta zaxirasiga ega. Lyuminestsent va magnitli xususiyatlari tufayli yuqori baholangan skandiy va itriy kabi metallar elektron asbob-uskunalar uchun displey va magnitlar yaratish, neft mahsulotlarini katalizlash va hatto o’g’itlarni boyitish uchun ishlatiladi.
Buni ham ko'ring Yevropa Ittifoqi Xitoyning “Kamar va yo’l” tashabbusi bilan raqobatga tayyormi?Xitoy, davlat tomonidan boshqariladigan iqtisodiy modeli tufayli asosiy mineral bozorlarida muvaffaqiyat qozonmoqda. Kompaniyalari ortida davlatning o’zi turibdi. Xitoy banklari taraqqiyot loyihalari uchun xorijiy davlatlarga qarz beradi, so’ng loyihalar Xitoy kompaniyalariga topshiriladi. Yuqori iqtisodiy o’sish va farovonlikka erishish uchun bunday yo’ldan borish Pekin strategiyasining bir qismidir.
Xitoyda mehnat xarajatlari past va ekologik qonun-qoidalar sust. Bu uning kompaniyalariga boshqa davlatlar qo’l urmaydigan loyihalarni qabul qilish imkonini beradi. Pekin avtoritar hukumatlarga kreditlar ham taklif etadi. G’arbdan kredit olish esa sarfiyat ustidan ko’proq nazorat degani.
AQSh nazarida bu “adolatsiz va noqonuniy” iqtisodiy amaliyotlar sirasiga kiradi.
AQSh rasmiylariga ko’ra, Xitoy minerallar bozori ustidan nazorat o’rnatishga intilmoqda.
2010-yilda Xitoy noyob yer elementlari eksportini qisqartigani narxlar ko’tarilishiga sabab bo’lgan. O’sha yili hududiy nizo sabab Yaponiyaga eksportni butunlay to’xtatgan. Davlatlar mahsulot manbalarini diversifikatsiya qilayotgan bo’lsa-da, bu elementlarni qayta ishlashga kelganda ko’pchilik baribir Xitoyga tayanadi.
Bayden ma’muriyatiga ko’ra, Xitoyning agressiv taktikalari dunyo bo’ylab qabul qilingan adolatli savdo amaliyotlariga ziddir.
“Amerika Ovozi” tahlilicha, AQSh o’z iqtisodiyoti uchun muhim deb bilgan 35 turdagi minerallarning 21 tasini yetkazib berishda Xitoy ustunlikni qo’lga kiritgan.
Vashington, Pekin va boshqa hukumatlar energetika va texnologiya sektorlari uchun zarur hisoblangan ushbu tabiiy resurslardan qanday foydalanishi kelajakda ham mojarolarga va ittifoqchilik rishtalariga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi.