O'zbekistonda jamoatchilikka havola qilingan konstitutsiyaviy o’zgarishlar muhokamasi 1-avgust kuni yakunlandi. Aholidan tushgan minglab taklif-mulohazalar ayni paytda parlament e'tiborida. Qonunchilar bir qarorga kelgach, O’zbekistonda referendum muddati va undagi savollar e’lon qilinadi.
Mahalliy matbuotga ko'ra, aholi konstitutsiyaviy o’zgartirishlar bo’yicha takliflar kiritishda "o’ta faol" qatnashgan, siyosiy partiyalar, konstitutsiyaviy islohotlar bo’yicha ishchi guruhning joylardagi uchrashuvlarida minglab mulohazalar bildirilgan.
Konstitutsiyaviy islohotlar bo’yicha takliflarni qabul qilish uchun ochilgan “Mening konstitutsiyam” sahifasini kuzatish haqiqatda bu boradagi faollikdan darak beradi, hozirgacha tushgan takliflar soni 62 ming 336 tadan oshgan.
Konstitutsiyaviy o’zgarishlardan kutilayotgan asosiy voqelik sahifadagi qonun loyihasida shunday ifodalangan: “90-moddaning ikkinchi qismidagi “besh” degan so‘z “yetti” degan so‘z bilan almashtirilsin”.
Buni ham ko'ring O'zbekiston hukumati "Twitter" va "WeChat" tarmoqlarini blokdan chiqardiGap referendumda prezidentlik muddatini amaldagi 5 yildan 7 yilga uzaytirish haqida bormoqda.
“Mening konstitutsiyam” sahifasida bildirilgan takliflardan kelib chiqilsa, prezidentlik muddatini uzaytirish taklifi oddiy aholiga taalluqli deyish qiyin. Bu tashabbus ortidan kim, qanday siyosiy kuchlar turgani yopiq masala.
Ammo 90-moddani o’zgartirish uchun katta kampaniya borayotgani, xususan davlat korxonalari xodimlariga bu borada bosim o'tkazilgani haqida ma’lumotlar bor.
Faollar deydiki, Shavkat Mirziyoyevning siyosatidan rozilik, prezidentlik muddatini 7 yil va undan ko’pga uzaytirish zarur degan takliflar Oliy Majlisga yetkazilmoqda.
“Ozodlik” radiosi Bekoboddagi metallurgiya zavodi ishchilaridan bu mavzudagi takliflar majburan yig’ilayotgani haqida xabar bergan.
Konstitutsiyaviy islohotlarga doir davra suhbati o’tkazgan “Ko’zgu” nashri ham bu masalani yoritib, majburiy-ixtiyoriy "takliflar" Oliy Majlisga uzatilganini fosh etgan.
Masalani o'rgangan aktivist Mahmud Yo’ldoshev:
“Hali 90-modda o’zgarishi nazarda tutilayotgani rasman e’lon qilinmadi. Bungacha bo’lgan muhokamalarda prezidentlik muddati uzaytirilishi bo’yicha hech qanday gap yo’q edi”.
Konstitutsiyaviy islohotlardan maqsad rasman inson haqlarini kafolatlash ekani aytiladi, ammo asl Prezident Mirziyoyev hokimiyatini uzaytirish, deydi faollar.
Buni ham ko'ring HRW: Qoraqalpog'iston voqealarini tekshirayotgan ombudsmanga ishonch pastO’zgarishlar Mirziyoyevga yana o’z nomzodini surish imkoniyatini yaratadi.
Senat raisi o’rinbosari Sodiq Safoyev bu borada Nukusda konstitutsiyaviy islohotlarga qarshi noroziliklardan oldin gapirgan edi.
18 kishi kishi o’gan bu namoyishlar ortidan konstitutsiyaning Qoraqalpog’iston bog’liq bandlari o’zgarishsiz qoladigan bo'ldi.
Qoraqalpoqlarning noroziligi konstitutsiyaviy islohotlar tashabbusi va bu boradagi komissiya faoliyatiga nisbatan tanqidlarni avj oldirdi.
Mirziyoyev esa noroziliklarni xorijdagi kuchlar ishtirokidagi tahdid sifatida baholagan.
Siyosatshunos Farhod Tolipov ta’kidlashicha, nozik masalalar tayyorgarliksiz taqdim qilinmasligi kerak.
“Qoraqalpog’iston masalasida aholi o’ta hissiyotli... tayyorlanishi kerak edi. Ammo afsuski, bunday bo’lmadi. Taklif qilinayotgan boshqa o’zgarishlarga nazar tashlasak ham demokratik tamoyillarga javob beradi deyish qiyin. Mahalliy hokimlar saylov yo’li bilan tanlanishi yangi qonunchilikda o’z ifodasini topadimi yo’qmi hamon noma’lum”, - deydi Tolipov.
Amaldagi konstitutsiyada hokimlarni tayinlash va ishdan olish prezident vakolatiga kiritilgan. Konstitutsiyaning yangi talqinida prezident vakolatlari qisqarishi mumkin. Mirziyoyev tomonidan surilgan bu taklif hokimlar saylanishini emas, prezidentning ayrim vakolatlarini parlamentga o’tkazishni nazarda tutadi.
O’zbekistonda muxolif fikrlaydiganlar nazarida, konstitutsiyaviy islohotlar prezidentning uchinchi muddatiga xizmat qilgan taqdirda hukumatdan norozilik hissa yanayam ortadi. Qoraqalpog’istondagi kabi chiqishlar boshqa hududlarda ham yuz berishi mumkin, deydi ular.
Buni ham ko'ring "Qoraqalpog'iston - Prezident Mirziyoyev shu kungacha yuzlashgan eng katta sinov"