BMT Bosh Asssambleyasi 6-iyun kuni Xavfsizlik kengashiga ikki yillik yangi a'zolarni tasdiqladi. Besh doimiy va 10 vaqtincha o'rin mavjud bo'lgan organga Belarus qo'yilmadi.
Jazoir, Guyana, Siyerra Leone, Sloveniya va Janubiy Koreya kelasi yil boshida Xavfsizlik kengashida.
Belarus Sharqiy Yevropadan tasdiqlanish uchun Sloveniya bilan kurashdi. Sloveniya 153 ovoz olgan, Belarus esa 38.
“Bu ikki davlat orasidagi musobaqa global maydondagi kayfiyatni aks ettiradi", - deydi tahlilchi Richard Gowan, BMTdagi jarayonlarni kuzatar ekan.
Sloveniya Yevropa Ittifoqi va NATOning bir qismi. Belarus - Rossiyaning yaqin do'sti va Ukrainadagi urushni yoqlaydi. Shuningdek, hozirda o'z hududidad Rossiya yadroviy qurollariga joy bermoqda.
Sloveniya Xavfsizlik kengashiga kirish uchun bir yildan beri qattiq harakat olib borgan. Belarus esa 2007-yildan beri kirishni istashini bildirsa-da, undan ustun kela olmagan.
Tashqi ishlar vaziri Tanya Fayon deydiki, uning davlati Sloveniya birdamlik tarafdoridir va shuni targ'ib qiladi.
“Biz singari kichik davlatlar BMT a'zolarining aksariyat qismidir, ammo ziddiyatlar katta a'zolar orasida. Biz birgalikda hamjihatlikka undashimiz zarur”, - deydi Fayon.
Xavfsizlik kengashiga tasdiqlanish uchun Bosh Assambleyaning uchdan ikki qismi ovozini olish kerak.
Janubiy Koreya ilk bor bu organda "azaliy dushmani" Yaponiya bilan o'tiradi.
“Tokio va Seul Shimoliy Koreya yuzasidan hamfikr. Ular birga Xitoy va Rossiya bilan bu masalada ishlashi kutiladi", - deydi Govan.
Pxenyan oxirgi paytlarda yana raketa sinoviga zo'r bermoqda. Seul bunday bezovta. S
Shimoliy Koreya BMT rezolyutsiyalarini buzgan. Xavfsizlik kengashi chora ko'rmoqchi edi, Xitoy va Rossiya, doimiy a'zolar, bunga yo'l bermadi.
Xavfsizlik kengashi mojarolarni hal etish uchun qurolli kuch safarbar etish va sanksiyalar qo'yish vakolatiga ega.
Yangi besh a'zo 2024-yilning 1-yanvaridan binoan kelasi ikki yil mobaynida Ekvador, Yaponiya, Malta, Mozambik, Shveytsariya, Britaniya, Xitoy, Fransiya, Rossiya va AQSh bilan bir davrada o'tiradi.