Xitoy, Rossiya, Hindiston, Pokiston, O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmanistondan iborat Shanxay hamkorlik tashkiloti Afg'onistonda terrorizm qanchalik ildiz otgani va bu tahdid darajasi yuzasidan bir fikrda emas.
Rossiya va Tojikiston nazarida Afg'oniston hamon qonli ektremizm manbaidir. Tolibon, ikki yildirki, hokimiyatda va tan olinmagan bu boshqaruv, qanchalik va'da bermasin, terrorist guruhlarni yo'q qila olmagan.
“Al-Qoida, Hizb ut-Tahrir, Sharqiy Turkiston Islomiy harakati, O'zbekiston Islomiy harakati va boshqa to'dalar hamon faol ekanini bilamiz", - deydi Tojikiston rasmiysi Amirbeg Begnazarov Nyu-Yorkda BMT qoshida o'tgan anjumanda.
Begnazarovning tasvirlashicha, Dushanbe qo'shni davlatda "terroristlar bemalol yurganidan bag'oyat xavotirda".
Buni ham ko'ring Xitoy-Markaziy Osiyo aloqalari AQShdan qanday ko'rinmoqda?Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu deydiki, Tolibon Kobulni egallashi terror guruhlariga kuch bergan. Moskva bunday xulosasini anchadan beri bildirib keladi.
BMT kontrterrorizm idorasi rahbari Vladimir Voronkov ham Afg'onistonni "terrorizm urug'ini sochayotgan makon" deb atagan.
Xitoy esa Tolibonni quvvatlab, bu harakat qon to'kilishiga qarshi, deb hisoblaydi.
“Afg'onistonda nihoyat tartib o'rnatiklmoqa”, - deydi Jang Jun, BMTdag elchi.
Uning ta'kidlashicha, xalqaro hamjamiyat Tolibonni yakkalamay, u bilan ishlashi, unga yordamlashishi zarur. Xavfsizlik va farovonlik sari qancha ko'p qadam tashlansa, terrorizm tahdidi ham shunchalik kamayadi, deydi Pekin diplomati.
Rossiya boshida Tolibon hukumatga qaytganidan mamnun ekanini bildirib, Kobuldagi elchixonasi ishini davom ettirgan. Ammo bu vakolatxonaga xuruj qilingach, uni yopdi va toliblarga nisbatan yondashuvi salbiylasha boshladi. Lekin orada diplomatik aloqa bor.
Your browser doesn’t support HTML5
Ekspertlar Shanxay hamkorlik tashkiloti a'zolari bir-biriga ishonmasligiga urg'u beradi. Sammitlar, bayonotlar, e'tiroflar bilan ish bitmaydi, chunki hukumatlar hali ham ko'p axborot almashmaydi. Ular terrorizm tahdidini turlicha tushuntiradi, garchi tashkilot deklaratsiyalarida terror guruhlarining ro'yxatlari beriladi.
Hindistondan tahlilchi Ayjaz Ahmad Vani nazarida Shanxay bloki a'zolari Afg'oniston bilan ikkitomonlama aloqaga ko'proq e'tibor berib, tashkilot doirasida o'z pozitsiyalarini bildirishdan nariga o'tmaydi. Vaholanki, blok Afg'oniston borasida yakdil siyosat yuritishni maqsad qilgan, deydi Vani "Amerika Ovozi" bilan suhbatda.
Pokiston Xitoy kabi yondashmoqda, ya'ni Tolibonga terror quvvatlovchisi deb qaramaydi. Biroq o'z hududidagi toliblar Afg'onistonda hamkorlarga ega ekani qayd etib keladi.
“Shanxay hamkorlik tashkiloti blok sifatida samarali emas," deydi Jiyayi Ju, xitoylik ekspert, Stokgolmdan "Amerika Ovozi" bilan gaplashar ekan.
"Ular Tolibonga turlicha qaraydi, kimdir u bilan yaqin, kimdir yiroq. Kim uchundir u hamkor, kim uchundir dushman".
Tolibon rahbariyatiga ko'ra, u biror terror guruhiga boshpana bermagan va Afg'onistondan boshqa davlatga tahdid solinishiga yo'l qo'ymaydi.
Your browser doesn’t support HTML5