Afg’onistonda mahalliy xavfsizlik kuchlari NATO bilan hamkorlikda “Al-Qoida” guruhining yetakchi a’zolaridan birini o’ldirgan.
Sabar Lal Melma ismli bu shaxs uzoq yillar Guantanamo qamoqxonasida o’tirib, keyin Pokistonga jo’natilgan. O’sha yerda ozodlikka chiqqan va yana jangarilar safiga qaytgan, deydi rasmiylar.
Sabar Lal Melma Afg’onistonning Kunar viloyatidagi harakatlar boshida turgan.
“Al-Qoida” ning Pokistondagi yetakchilari bilan aloqada bo’lgan, shuningdek Tolibon bilan yaqindan ishlagan.
Xavfsizlik kuchlari Sabar Lalning ketiga tushgach, maxsus operatsiya uyushtirilgan va kecha tunda Nangarhor viloyatida, Afg’onistonning sharqiy qismida, uni o’ldirishga muvaffaq bo’lingan. Bir necha jangari qo’lga olingan.
Kecha Balx viloyatida ham bir necha tolib harbiylar bilan olishuvda halok bo’lgan. O’lganlar orasida bir ayol kishi ham bor.