Afg'onistonda jangarilar bilan murosa yo'llarini izlash vazifasini olgan Oliy tinchlik kengashining a'zosi Muhammad Ismoil Qosimyor boshliq delegatsiya Tolibon bilan muloqot uchun Qatarga borishi mumkin.
Tolibon harakati yaqinda Doxada idora ochishini va tashqi dunyo bilan aloqani shu mahkama orqali yuritishini bildirgan. Toliblar muzokaralarda AQShning Guantanamo qamog'idagi
mahbuslarni ozod etish haqida kelishishga umid qilmoqda.
Afg'oniston prezidenti matbuot kotibi Amal Fayzining aytishicha, muzokara qilishdan oldin toliblar jangovar harakatlarni bas qilishi lozim. Fayzi zo'ravonliklarni bas qilishi evaziga hukumat jangarilarga
asosan pushtular yashaydigan janubiy viloyatlar boshqaruvini topshirmoqchi, degan mish-mishlarni inkor etgan.
"Toliblarga bir qarich ham yer berilmaydi", - deydi u.
Xalqaro kuchlar Afg'onistonni 2014-yil oxirigacha tark etishni mo'ljallar ekan, Qo'shma Shtatlar o'sha paytgacha Tolibon bilan tinchlik masalasining hal bo'lishini istaydi.