Bin Ladenning uyidan topilgan video lavhalar ommaga ko’rsatildi

Bin Ladenning uyidan topilgan video lavhalar ommaga ko’rsatildi

AQSh hukumati al-Qoida sobiq yetakchisi Osama bin Ladenning Pokistondagi uyidan topilgan video lavhalarni omma e’tiboriga havola etdi.

Eksremist guruh rahnamosi o’zini televizorda tomosha qilayotgani va navbatdagi video bayonotiga tayyorgarlik ko’rayotgani aks etgan.

Osama bin Laden o'ldirilgan uy, Pokistonning Abbotobod shahri

2001 yilning 11 sentabr terror hujumlarida ayblangan Osama bin Laden 10 yillik qidiruv natijasida 2 may kuni Pokistonning harbiylar shaharchasi, Abbotobodda AQSh maxsus kuchlari tomonidan o’ldirilgan edi.

U turgan hashamatli binodan al-Qoida faoliyati va rejadagi xurujlarga doir katta arxiv topilgan.



Vashingtonda matbuot anjumanida so’zlagan rasmiylar deydiki, video va audio materiallar, kompyuter fayllari va hujjatlardan shunisi ayonki, bin Laden al-Qoida operatsiyalarini planlashtirish va amalga oshirishda bevosita ishtirok etgan.

“Qo’lga kiritilgan ashyoviy dalillar Pokistonda o’tkazilgan reyd qanchalik muhim va asosli ekanini tasdiqlab turibdi”, - deydi AQSh Markaziy Razvedka Boshqarmasi rahbari Leon Panetta.

Bin Ladenning uyidan topilgan video lavhalar ommaga ko’rsatildi

Tasmalardan birida soqoliga oq oralagan bin Laden kichik bir xonada cho’kkalab, qo’lida pult bilan televizorga tikilib o’tirganini ko’rish mumkin. “Amerika xalqiga murojaat” sarlavhali boshqa bir videoda soqoli qoraga bo’yalgan, pardozlangan holda gavdalanadi.

AQSh Mudofaa vazirligining bildirishicha, lavhalar audiosi xavfsizlik nuqtai nazaridan o’chirib qo’yilgan.

Al-Qoida rahbari Abbotoboddagi uyda 6-7 yil yashagani taxmin qilinadi. U yerda topilgan materiallar shunchalik ko’pki, razvedka xodimlari ularni o’rganish va tahlil qilish bilan band.

Al-Qoida kelasi yillarda nimalarni rejalagan? Guruh yetakchilari qayerda? Jangarilarga mablag’ qaysi davlatlardan keladi? Maqsad ana shu kabi savollarga javob topish.