Davlat kotibasi Xillari Klinton (Hillary Clinton) so’zlariga ko’ra, Qo’shma Shtatlar dunyoda konfliktlarni hal qilishda tashqi yordam va diplomatik choralarni aniqroq, saramaliroq yo’naltirish harakatida.
“Bu ko’makni uzatishdan maqsadimiz xalqlarni oyoqqa turg’azish, o’zini boshqara olishiga turtki berishdir. Iqtisodiy o’sishni ta’minlab, birovga tobelikdan xalos etish”, - deydi Klinton.
Tashqi ishlar vazirasi Amerikadagi moliyaviy tanglikni, yordam berish uchun mablag’ tanqis ekanini alohida eslatib o’tdi.
AQSh Kosovo, Serbiya va Ukraina qishloq xo’jaligiga atalgan yordamni qisqartirib, Afrikaga diqqatni oshirgan.
Ilm-fan va kashfiyotlarga sarmoyani mo’lroq qilib, iqtisodda xotinq-qizlar rolini oshirish haqida bot-bot gapirayapmiz, deydi Xillari Klinton.