Misr poytaxtida minglab fuqarolar harbiy boshqaruvga qarshi namoyishlarni davom ettirar ekan, bugun politsiya bilan olishuv paytida sakkiz kishi o’lgan, 300 dan ortiq odam jarohatlangan.
Parlament oldida chiqish qilayotgan fuqarolar tomdan nishonga olindi, deydi guvohlar.
Misr Bosh vaziri Kamol al-G’anzuriy deydiki, davlat idoralari xavfsizligi ta’minlanishi kerak. U xalqdan tinchlanishni so’ramoqda.
Jamoatchilik esa zo’ravonliklar to’xtasa bo’lgani deydi.
Ertaga parlament saylovlarining yakuniy natijalari e’lon qilinadi. Islomiy partiyalar qo’li baland kelgan. Yangi parlament yangi bosh qomus ishlab chiqadi. Prezident saylovlari ana undan keyin bo’lib o’tadi.